Jedna si jedina
Jedna si jedina (tarjimasi „Sen yagonasan“) 1992—1998-yillar oraligʻida Bosniya va Gersegovinaning milliy madhiyasi sifatida xizmat qilgan.[1].
Bosniya va Gersegovinaning sobiq milliy madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Dino Merlin |
---|---|
Qabul qilindi |
1992-yil noyabr (de-fakto) 1995-yil 24-noyabr (de-yure) |
Bekor qilindi | 1998-yil 10-fevral |
Tarix
tahrirMusiqa Bosniya xalq qoʻshigʻi „Sone strane Plive“ (tarjimasi: „Pliva daryosining narigi qirgʻogʻida“ yoki „Pliva daryosining narigi tomonida“)dan olingan boʻlib, u turkcha „Sivastopol Marshi“ qoʻshigʻidan ilhomlangan holda yaratilgan[2]. Qoʻshiq matni bosniyalik qoʻshiqchi Dino Merlin tomonidan yozilgan. Bu versiya uning 1993-yilgi „Moja Bogda Sna“ albomida koʻrsatilgan[3]. Madhiya 1992-yilning noyabrida, Bosniya va Gersegovina mustaqillikka erishganidan bir necha oy oʻtib, 1992-yilning martida qabul qilingan. Bu serblar va xorvatlarga maʼqul kelmadi[4].Bosniya hukumati 1998-yilda mamlakat integratsiyasini tezlashtirish uchun nomsiz madhiya qabul qilgan. Qo'shiq matnida hech qanday millat haqida aytilmagan. Yangi kompozitsiya — „Intermezzo“ Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan maʼqullandi va 1999-yilda mamlakatning davlat madhiyasi sifatida qabul qilindi.
Meros
tahrir"Jedna si jedina" hali ham koʻplab bosnyalikklar tomonidan Bosniya va Gersegovinaning de-fakto milliy madhiyasi sifatida qabul qiladi. Bosniya va Gersegovinaning hozirgi milliy madhiyasida hech qanday rasmiy matn yoʻqligi sababli, koʻplab bosnyalikklar Bosniya madhiyasi ijrosi paytida hamon bu qoʻshiqni kuylashadi.
Matn
tahrirAksariyat hollarda faqat birinchi misradan keyin xor ijro etiladi[5]. Madhiya bugungi kunda ko'plab bosniyaliklar uchun mamlakatning o'ziga xos milliy madhiyasi bo'lib qolmoqda va mamlakat milliy sport jamoalari tomonidan xalqaro musobaqalarda kuylanadi.
Rasmiy matn
tahrirBosniya tilida | Krill alifbosida | Inglizcha tarjima |
---|---|---|
Zemljo tisućljetna, |
Земљо тисућљетна, |
I pledge my loyalty to you, |
Muqobil qo'shiq matni
tahrirBosniya tilida | Krill alifbosida | Inglzicha tarjima |
---|---|---|
Preko tamnih gora |
Преко тамних гора |
Over the dark mountains, |
Manbalar
tahrir- ↑ The One and Unique (Wayback Machine saytida 2014-09-14 sanasida arxivlangan)
- ↑ Elsner, Jürgen; Jähnichen, Gisa; Talam, Jasmina. Maqām: Historical Traces and Present Practice in Southern European Music Traditions. Cambridge Scholars Publishing, 19-iyun 2014-yil. ISBN 9781443861946. Qaraldi: 17-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Jedna si jedina“. dinomerlin.com. 2019-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2019-yil.
- ↑ „Dušan Šestić: Tekst himne ćemo dobiti onda kada to budemo istinski željeli“ (bs). Klix.
- ↑ „Anonymous: National Anthem of Bosnia and Herzegovina“. Universal International Music B.V. (1997). 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-aprel 2019-yil.