Jen Sincero (1965-yil 7-avgustda tugʻilgan) – New York Times gazetasi maʼlumotlariga koʻra bestseller motivatsion asarlar muallifi, maʼruzachi va biznes murabbiyi[1].

Jen Sincero

Sincero 2022-yilda
Tavalludi 7-avgust 1965-yil (1965-08-07) (59 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayti jensincero.com

Hayoti

tahrir

Jen Sincero 1965-yil 7-avgustda Nyu-Yorkning Vestchester shahrida tugʻilgan. Italiyalik shifokor Domenico Sincero va Susan Sincerolarning qizi. U dastlab Briarcliff oʻrta maktabida va keyinchalik Kolorado kollejida oʻqigan. U yerda 1987-yilda ingliz tili boʻyicha bakalavr darajasini olgan[2]. Sincero 1990-yillarda CBS/Epic Records kompaniyasining marketing boʻlimida ishlagan va shu vaqt ichida u oʻzining „Crotch“ nomli birinchi guruhiga asos solgan[3]. Sinsero 1996-yilda Nyu-Meksiko shtatining Alburquerque shahriga koʻchib oʻtgan.

Karyerasi

tahrir

2000-yilda Sincero Los-Anjelesga (Kaliforniya)ga koʻchib oʻtdi va mustaqil ijod qila boshladi. Uning 2003-yilda MTV Books nashriyoti orqali chiqargan „Donʼt Sleep With Your Drummer“ nomli kitobi rok guruhi haqidagi yarim avtobiografik roman hisoblanadi. 2005-yilda Simon & Schuster nashriyoti tomonidan chop etilgan „The Straight Girl’s Guide to Sleeping With Chicks“ ikkinchi kitobi esa milliy bestsellerga aylandi.

2008-yilda Sincero „Ladies Who Launch“ nomli ayollar tadbirkorlik tashkiloti uchun biznesni rivojlantirish haqida seminarlar oʻtkazdi.

Uning uchinchi kitobi You Are A Badass: How to Stop Doubting Your Greatness and Start Living an Awesome Life esa 2013-yilda Running Press nashriyoti tomonidan chop etilib, 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan. Asar The New York Times bestselleriga aylanib, 40 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.

Mukofotlari

tahrir

2014-yilda Sinceroning „You Are a Badass“ nomli hikoyasi unga Amerika audio nashriyotlari assotsiatsiasi tomonidan audiokitoblar uchun beriladigan Audie mukofotini keltirdi[4].

2015-yilda „You Are a Badass“ New York Times bestselleriga aylandi va besh yildan ortiq vaqt davomida New York Times bestsellerlari roʻyxatida dastlabki oʻntalikda turdi[5][6][7].

Uning „Badass Habits“ asari 2022-yilda shaxsiy rivojlanish boʻyicha Audie mukofotining nominanti boʻldi[8].

Asarlar

tahrir
  • 2003-yil – Donʼt Sleep With Your Drummer (MTV Books) – ISBN 0743453913
  • 2005-yil – The Straight Girl’s Guide to Sleeping With Chicks (Simon & Schuster) – ISBN 0743258533
  • 2013-yil – You Are A Badass: How to Stop Doubting Your Greatness and Start Living an Awesome Life (Running Press) – ISBN 9780762447695
  • 2017-yil – You Are a Badass at Making Money: Master the Mindset of Wealth (Viking) – ISBN 0735223130
  • 2018-yil – You Are a Badass Everyday: How to Keep Your Motivation Strong, Your Vibe High, and Your Quest for Transformation Unstoppable (Viking) – ISBN 0525561641
  • 2020-yil – Badass Habits: Cultivate the Awareness, Boundaries, and Daily Upgrades You Need to Make Them Stick (Penguin Life) – ISBN 1984877437

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir