Shlimbetov Jenisbay Kurbanbaevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili, huquqshunos va tarixchi.

Oʻzbekiston
Shlimbetov Jenisbay Kurbanbaevich

Jenisbay Shlimbetov 1979 yil 7 may sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida tugʻilgan. 2003 yilda Nukus davlat pedagogika institutini, 2009 yil Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — tarixchi va huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2006-2008 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy texnika jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi jamoatchilik asosida xodimi sifatida boshlagan. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida turli lavozimlarda ishlagan. 2021-2022 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2022 yildan buyon Ombudsmanning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili lavozimini egallab kelmoqda.

Jenisbay Kurbanbaevich Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022 yil 1-2 iyul kunlari yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzosi.

Oilali, 3 nafar farzandi bor.