Jennifer Egan
Jennifer Egan(1962-yilda tugʻilgan)-amerikalik yozuvchi va qisqa hikoyalar yozuvchisi. Uning A Visit from the Goon Squad romani badiiy adabiyot uchun 2011-yilda Pulitser mukofoti va Milliy kitob tanqidchilari toʻgaragi mukofotiga sazovor boʻlgan.2018-yilning 28-fevral holatiga koʻra, Egan „PEN America“ prezidenti hisoblanadi[1][2].
Erta hayoti
tahrirJennifer Egan Amerikaning Chikago shahrida tugʻilgan ammo San Franciscoda katta boʻlgan[3].Egan Lowell oʻrta maktabini tugatgach,Pensilvaniya universitetida ingliz adabiyoti boʻyicha mutaxassislikka ega boʻladi. Oʻqishni tugatgandan soʻng, ikki yilni Kembrijdagi Sent-Jon kollejida oʻtkazadi, u yerda keyinchalik magistrlik darajasini ham oladi. Egan 1987-yilda Nyu-Yorkka koʻchib kelgan. Oʻsha paytlarda u endigina yozishni oʻrganar ekan koʻplab ishlarda, jumladan, jahon Savdo Markazida ovqatlanish sohasida ham ishlaydi.
Shaxsiy hayoti
tahrirJennifer Egan hozirgi kunda Brooklyndagi Clinton Hillda Oilasi bilan yashaydi. Uning ikkita farzandi bor(Manu va Raoul)[4].
Mukofotlari
tahrirEgan 1986-yilda Thouron mukofotiga sazovor boʻladi,Sanʼat uchun milliy jamgʻarma va 1996-yilda Guggenheim stipendiyasi sovrindori ham boʻladi.2002-yilda Egan uysiz bolalar haqida hikoya yozadi va Kerroll Koval jurnalistika mukofotiga sazovor boʻladi. Keyin 2004–2005-yillarda Nyu-York jamoat kutubxonasi qoshidagi Doroti va Lyuis B. Kulman nomidagi olimlar va yozuvchilar markazida ishlaydi.2011-yilda Egan badiiy adabiyot uchun PEN/Folkner mukofoti finalchisi boʻladi. Oʻsha yilini oʻzida Milliy kitob tanqidchilari toʻgaragi mukofoti,Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti va Goon guruhi tashrifi uchun Pulitser mukofotini qoʻlga kiritadi[5].
Asarlari
tahrirRomanlari
tahrir- The Invisible Circus (1994)
- Look at Me (2001)
- The Keep (2006)
- A Visit from the Goon Squad (2010)
- Manhattan Beach (2017)
- The Candy House (2022)
Qisqa hikoyalar toʻplami
tahrir- Emerald City
- Black Box
Manbalar
tahrir- ↑ „Pen america“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Egan awards“ (inglizcha). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „J.Egan hayoti“ (inglizcha). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „J.Egan oilasi“. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Egan awards“ (inglizcha). Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.