Jessica Elizabeth Adair (1986-yil 19-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik professional basketbolchi, u WNBAda Minnesota Lynx jamoasida oʻynagan[1]. Adair hozirda Avstraliyaning WNBLdagi Townsville Fire jamoasi sharafini himoya qiladi.

Jessica Adair
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (erkak/ayol)
Tavallud sanasi 19-dekabr 1986-yil (1986-12-19) (37 yosh)
Washington, D.C. USA
Sport
Qaysi sport Basketbol
Klubi Washington, D.C.

Yoshlik yillari tahrir

1986-yil 19-dekabrda Washingtonda tugʻilgan. Uning toʻliq ismi Jessica Elizabeth Adair („AY-dare“ deb talaffuz qilinadi). U Anjela Monika Adairning qizi. Uning egizak singlisi Jazmine ham George Washington jamoasida oʻynagan. U jinoiy sudlov ishlari boʻyicha oliy mutaxassislikka ega[2].

Kollejdagi faoliyati tahrir

Washingtondagi toʻrt yillik faoliyati davomida oʻrtacha 12,7 ochko, 6,6 ribaund va 1,4 blok toʻplagan. Uch karra All-Atlantika Birinchi jamoasi uni oʻz tarkibiga qoʻshib olgan. Oʻz faoliyatini yakunlaganda George Washingtonda faoliyatidagi gollar roʻyxatida 11-oʻrin (1,475 ball), ribaundlar boʻyicha 7-oʻrin (770 ribaund) va karyera bloklari boʻyicha 5-oʻrinni (161 blok) egallagan. AQSh Basketbolining 2007-yilgi Pan Am Games turniri finalida ishtirok etgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan[3]. George Washington 2006 va 2007-yillarda NCAA turniriga chiqishga yordam berdi va ikkinchi bosqich mavsumida (2007-yil 17-mart) Boise shtati ustidan birinchi davradagi gʻalabada 15 ochko, 21 ribaundlik natija qayd etib jamoasini gʻalabasiga hissa qoʻshgan[4].

George Washington statistikasi tahrir

Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2005—2006 George Washington 22 160 54.5 - 58.8 5.0 0.3 0,6 0,8 7.3
2006—2007 George Washington 30 387 52.8 - 64.4 7.6 0,5 1.1 1.7 12.9
2007—2008 George Washington 33 502 52,0 - 71.4 6.1 0,7 1.2 1.2 15.2
2008—2009 George Washington 31 426 58.4 - 65.2 7.4 1.0 1.1 1.6 13.7
Karyera George Washington 116 1475 54.2 - 66.4 6.6 0,6 1.0 1.4 12.7

Xalqaro tahrir

2010—2011-yilda: Turkiya ligasida Samsun jamoasida oʻynagan va 25 oʻyinda maydonga tushib, har bir oʻyinda oʻrtacha 14,4 ochko va 10,3 ribaund toʻplagan[4]. U faoliyat yillari davomida 2009-2010-yilgi mavsumda Feniks sharafini himoya qilgan. 2010-yilgi mavsumdan boshlab Jessica Minnesotaliklar safiga qoʻshildi. Jessica 2012- yilgi mavsumda koʻplab jarohatlar oldi va mavsumning koʻp vaqtini maydondan chetda oʻtkazdi.

Manbalar tahrir

  1. „WNBA.com: Jessica Adair Playerfile“. www.losangelessparks.com. 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  2. „Jessica Adair Playefile:Bio“. WNBA. Qaraldi: 16-iyun 2011-yil.
  3. „USA Women's Pan-American Roster“. USA Basketball. 2011-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2011-yil.
  4. 4,0 4,1 „Jessica Adair Playefile“. WNBA. Qaraldi: 16-iyun 2011-yil.