Jetioʻgʻuz
Qirgʻizistondagi balneologik kurort
Jetioʻgʻuz — Qirgʻiziston Respublikasidagi balneologik kurort, Qorakoʻldan 28 km, Bishkekdan 411 km. Terskay Olatovning shimoliy yon bagʻrida, Jetioʻgʻuz soyi boʻyida, 2200—2400 m balandlikda. Yozi moʻʼtadil iliq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 16°), qishi yumshoq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 6°), yiliga 350 mm yogʻin yogʻadi. Radonli issiq (37,5°—43,5°) va natriy-kalsiy xloridli buloqlar bor. Shu buloqlarning suvi vannaga ishlatiladi. Tayanch-harakat organlari, periferik nerv sistemasi, ginekologik, teri kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlar davolanadi.[1]