Ji Xiang (1990-yil 1-martda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi[1].

Ji Xiang
吉翔
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ji Xiang
Tavallud sanasi 1-mart 1990-yil (1990-03-01) (34 yosh)
Tavallud joyi Yangzhou, Jiangsu, Xitoy
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shandong Taishan
Raqami 37
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2021 Jiangsu Suning 255 (23)
2021- Shandong Taishan 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014- Xitoy 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun 2021-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Ji Xiang professional futbolchilik faoliyatini 2008-yilgi mavsumda Jiangsu Suning bilan ularning katta jamoasiga koʻtarilgandan boshlagan. U 2008-yil 18-oktyabrda „Qingdao Hailifeng“ klubiga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan va oʻz debyutini nishonlagan[2]. Liga mavsumi oxirida Ji Xiang divizion chempionligini qoʻlga kiritgan va Xitoy futbolining yuqori darajasiga koʻtarilgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan[3]. Yuqori divizion klubi Jiangsuning murabbiyi Pey Encai dastlab Ji Siandan foydalanishni istamagan, ammo 2010-yilgi liga mavsumida unga koʻproq ishonch bildirgan, buning natijasida Ji Sian 2010-yil 22-avgustda klub uchun birinchi golini urib, murabbiyni ishonchini oqlay boshlagan. Oʻsha oʻyinda Jiangsu Qingdao Jonoon FCga ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan[4]. Keyingi mavsumda u Pey Encai ketganiga qaramay, oʻzini jamoada muntazam oʻynaydigan asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va 2012-yilgi mavsumda Ji Xitoy Superligasi tarixidagi eng tezkor gol boʻyicha rekordni yangilagan yaʼni 7 soniyada gol urgan. Bu gol 2012-yil 20-oktyabrda Guangzhou Evergrandga qarshi durangni taʼminlagan[5]. Endi u jamoaning almashtirilmaydigan oʻyinchisiga aylanib ulgurgan edi, 2015-yilgi Xitoy FA kubogida „Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda gʻalaba qozongan[6]. Shundan soʻng 2020-yilgi Xitoy Superligasi chempioni boʻlgan va eng soʻngida klubi bilan birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

Ji Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 13-dekabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan xalqaro „A“ oʻyini sifatida tan olinmagan. Nihoyat u rasmiy debyutini 2014-yilning 21-dekabrida Falastinga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Jiangsu Suning 2008 Xitoy Birinchi Ligasi 3 0 - - - 3 0
2009 Xitoy Super Ligasi 0 0 - - - 0 0
2010 13 4 - - - 13 4
2011 23 2 1 0 - - 24 2
2012 30 6 1 1 - - 31 7
2013 20 1 1 0 4 0 1 0 26 1
2014 23 1 5 1 - - 28 2
2015 29 0 6 0 - - 35 0
2016 28 5 7 1 6 2 1 0 42 8
2017 26 2 3 1 5 1 1 0 35 4
2018 22 2 4 1 - - 26 3
2019 20 0 2 0 - - 22 0
2020 18 0 5 0 - - 23 0
Jami 255 23 35 5 15 3 3 0 308 31
Karyerada jami 255 23 35 5 15 3 3 0 308 31

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2014 1 0
2015 7 0
2016 0 0
2017 0 0
2018 0 0
2019 2 1
2020 0 0
2021 1 0
Jami 11 1

Xalqaro maydondagi gollar tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 18.12.2019 Busan Asiad asosiy stadioni, Pusan, Janubiy Koreya   Gonkong 1 — 0 2-0 2019-yilgi EAFF E-1 futbol chempionati

Yutqular tahrir

Klub tahrir

Jiangsu Suning

  • Xitoy Superligasi : 2020[8]
  • Xitoy Birinchi ligasi : 2008-yil
  • Xitoy FA Superkubogi : 2013-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2015[9]

Shandong Taishan

  • Xitoy Superligasi : 2021
  • Xitoy FA kubogi : 2021

Manbalar tahrir

  1. „Jiangsu 1-1 Hangzhou Lucheng“. ESPN Star Sports (24-sentabr 2010-yil). 30-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2012-yil.
  2. „马戈诺谭斯联手发威 舜天2-0青岛主场保持不败“. sports.sohu.com (18-oktabr 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  3. „China League One 2008“. soccerway.com (15-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  4. „JIANGSU SUNING VS. QINGDAO JONOON 4-0“. soccerway.com (22-avgust 2010-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  5. „吉翔创中超最快进球纪录“. sports.21cn.com (21-oktabr 2012-yil). 17-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  6. „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
  7. „Alex Teixeira shines as Jiangsu claim maiden Chinese Super League title“. ESPN (16-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
  8. „中超-特谢拉造红牌+破门 苏宁2-1恒大夺中超首冠“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (12-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
  9. „足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn (29-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.„足协杯-萨米尔加时绝杀 舜天客场1-0申花首夺冠“. Sports.sina.com.cn. 2015-11-29. Retrieved 2021-01-25.