Jibuti bayrogʻi
Jibuti milliy bayrogʻi (arabcha: علم جيبوتي , fransuzcha: Drapeau de Djibouti) teng qirrali oq rangli uchburchakka ega, havorang va och yashil rangdagi teng chiziqlarga ega gorizontal bayroq. Uchburchakning markazida qizil yulduz bor.[1] Bayroq Somali sohillarini ozod qilish fronti (Front de Libération de la Côte des Somalis) bayrogʻidagi asosiy tartib va ranglarni birlashtiradi. Havorang osmon va dengizni ramzi, shuningdek, och yashil Somali va Afarlar yerining abadiy yashilligi ramzi, uchburchakdagi oq rang esa tinchlik rangining ramzi va besh qirrali qizil yulduz birlikni, mustaqillik shahidlaridan toʻkilgan qonni ifodalaydi, shuningdek, Jibuti Somali xalqi yashaydigan beshta mintaqadan biri hisoblanishini anglatadi.
Jibuti bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Jibuti |
Mutanosibligi | 2:3 |
Qabul qilindi | 27-iyun, 1977-yil |
Tarixi
tahrirTajura sultonligi bayrogʻi Somalida fransuz hududi tashkil etilishidan oldin, bu hududda foydalanilgan yagona bayroq edi.[2] Keyinchalik Jibuti bayrogʻi 1970-yilda yaratilgan. 1977-yilda qabul qilingan milliy bayroq Jibutini mustaqillikka olib kelgan partizan guruhi Jibuti Mustaqillik uchun Afrika Xalq Ligasi (Ligue Populaire Africaine pour l’Indépendance (LPAI)) bilan olib borgan Somali qirgʻogʻini ozod qilish fronti bayrogʻining moslashuvi edi.[2] Jibuti bayrogʻi birinchi marta mustaqillikka erishgandan soʻng 1977-yil 27-iyunda[2] politsiya boshligʻi Yacine Yabeh Galab tomonidan koʻtarilgan. Bugungi kunda u koʻplab davlat binolarida hilpiramoqda.
Xususiyatlari
tahrirJibuti bayrogʻida havorang (yuqori) va yashil rangli ikkita teng gorizontal chiziq mavjud boʻlib, bayroqni koʻtaruvchi tomonida oq rangda teng yonli uchburchak mavjud. Uchburchakning markazida birlik va shahidlar qonini ifodalovchi qizil yulduz bor. Har bir rang oʻziga xos narsani anglatadi; yaʼni yerni (yashil), dengiz va osmonni (havorang), tinchlik (oq) va birlikni (qizil).[2] Havorang osmonni, yashil esa Yerning abadiy yashilligini anglatadi. Qizil yulduz birdamlik va shahidlarning qon toʻkilishini anglatadi.[1] Bayroqning elementlari tufayli u Filippin milliy bayrogʻiga oʻxshaydi.
Rang
tahrirEslatma: rasmiy standart yoʻqligi sababli, quyida taxminiy maʼlumotlar keltirilgan.
Tarixiy bayroqlar
tahrirQuyidagilar hozirgi Jibuti hududida tarixan ishlatilgan bayroqlar:
-
Efiopiya imperiyasining bayrog'i
-
Adal sultonligi bayrog'i (1415-1577)
-
Usmonli imperiyasining bayrog'i (1577-1793), Habesh Eyalet hozirgi Jibutining bir qismini o'z ichiga olganida ishlatilgan.
-
Usmonli imperiyasi bayrog'i (1793-1844).
-
Usmonli imperiyasi bayrog'i (1844-1883).
-
Misr Xedivati bayrog'i (1874–1881), Xedivatning Somali qirg'og'i hozirgi Jibutining bir qismini o'z ichiga olganida ishlatilgan.
-
Misr Xedivati bayrogʻi (1881–1883).
-
Fransiya bayrog'i, 1896 - 1940 va 1944 - 1958- yillar orasida ishlatilgan, chunki Fransiya Somalilendi bugungi Jibutining o'tmishdoshi hisoblanadi.
-
Fransiyaning Vichi bayrog'i (1940-1942).
-
Birlashgan Qirollik bayrog'i, 1942 - 1943-yillar oralig'ida ishlatilgan, chunki Fransiya Somalilendi Britaniya qo'shinlari tomonidan bosib olingan.
-
Erkin Fransiya bayrogʻi (1943-1944)
-
Fransiya bayrog'i (1958-1977).
Yana qarang
tahrir- Jibuti tarixi
- Jibuti (madhiya)
- Jibuti (mamlakat)
- Jibuti (shahar)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Anjali Kamath. Flag Book. Popular Prakashan — 19-bet. ISBN 978-81-7991-512-7. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Kamath" defined multiple times with different content - ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „flag of Djibouti“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 15-sentabr 2014-yil. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "Brittanica" defined multiple times with different content