James S. Davis (1943-yilda tugʻilgan) – AQShlik milliarder, tadbirkor, New Balance kompaniyasi raisi va Major League Lacrossening ilk investorlaridan biri[1][2].

James S. Davis
Tavalludi 17-may 1943-yil (1943-05-17) (80 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Taʼlimi Worcester Academy
Kasbi Tadbirkor
Bolalari 2 ta

Yoshlik davri tahrir

James S. Davis 1943-yilda Massachusetts shatining Brookline shahrida tugʻilgan[1][3]. Worcester Academy maktabida tahsil olgan va Middlebury Collegeda biologiya va kimyo fanlari boʻyicha bakalavr darajasini qoʻlga kiritgan[4][2].

Karyerasi tahrir

Davis oʻz karyerasini Waltham shahridagi LFE korporatsiyasida sotuv menejeri va Kembrij shahridagi Applied Geodata Systems Division of Techven Associates kompaniyasida marketing menejeri sifatida boshlagan. 1972-yilda Bostonda joylashgan atigi 6 xodimga ega New Balance kompaniyasini sotib olgan va uni yillik oʻrtacha daromadi 2,5 milliard dollarni tashkil qiladigan 4000 nafar xodimlik global korporatsiyaga aylantirgan[1]. Davis sport buyumlari ishlab chiqaruvchilari uyushmasi, xalqaro sport poyabzallari va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi va Two/Ten jamgʻarmasi boshqaruv kengashi aʼzosi ham hisoblanadi[5].

James University of Mainega 5 million AQSh dollari miqdorida hayriya qilgan. Qolaversa, oʻzi tahsil olgan Middlebury universitetida faxriy doktor unvonini qoʻlga kiritgan. Universitet hududidagi kutubxona ham Jim Davis sharafiga nomlangan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Jim Davis & family“. Forbes. Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  2. 2,0 2,1 Fonda, Daren. „Sole Survivor“. Time Magazine (2004-yil 1-noyabr).
  3. „TNH's 50 Wealthiest Greek-Americans 2017 List“. The National Herald (2017-yil 8-mart).
  4. Sarah C. Ray, 'Library named for Jim Davis '66 and his family', May 7, 2010 [1]
  5. Major League Lacrosse Founders (Wayback Machine saytida 2010-08-13 sanasida arxivlangan)