Jin Jingdao (talaffuzi: Szin Szindao) (1992-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — koreys millatiga mansub xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida oʻynaydi.

Jin Jingdao
金敬道
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jin Jingdao
Tavallud sanasi 18-noyabr 1992-yil (1992-11-18) (31 yosh)
Tavallud joyi Yanji, Yanbian, Jilin, Xitoy
Boʻyi 1.70 m (5 ft 7 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shandong Taishan
Raqami 33
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2011 Yanbian FC 37 (3)
2012 Shenyang Shenbei 24 (0)
2013 Shandong Luneng 158 (11)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Xitoy U-20 8 (4)
2011- Xitoy 18 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-yanvar 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (24-mart 2022-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Jin Jingdao futbolchilik faoliyatini 2010-yilda „Yanbian“ klubida boshlagan. U klubdagi debyutini 2010-yilning 17-aprelida Guangdong Sunray Cavega qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan[1]. U klubdagi birinchi golini 2010-yil 15-may kuni Pudong Zobonga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[2]. Jin 2012-yil yanvar oyida Xitoyning birinchi ligasi vakili Shenyan Shenbeyga 2,3 million Yen evaziga transfer qilingan.

2013-yilning 27-fevralida Jin Xitoy Superligasi vakili Shandong Lunenga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2013-yilning 16-martida Changchun Yataiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U „Shandun“ safida debyut mavsumida 18 ta oʻyinda maydonga tushgan va Xitoy futbol assotsiatsiyasining yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan[3]. 2016-yil 8-sentyabr kuni Jin „Seul“ga qarshi 2016-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi oʻyinida taʼqiqlangan „Clenbuterol“ moddasi aniqlangani uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan vaqtinchalik 60 kunga diskvalifikatsiya qilingan[4]. Oradan biroz vaqt oʻtib 2016-yil 4-noyabrda unga sakkiz oylik futboldan diskvalifikatsiya qarori qabul qilingan, bu muddat 2016-yilning 8-dekabriga qadar uch oyga qisqartirilgan[5][6]. 2017-yil 9-iyul kuni Jin Xitoy Superligasidagi ilk golini „Tianjin Teda“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritgan[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

Jin 2009-yilning iyun oyida Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va oʻsha paytdagi murabbiy Su Maozendan sardorlik bogʻichini qabul qilib olgan. U 2010-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham bir nechata oʻyin oʻtkazgan. U 2011-yilning 26-martida Kosta-Rikaga qarshi oʻyinda (2:2) Xitoy terma jamoasida debyut qilgan[8]. 2021-yil 30-may kuni Jin 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida Guamga qarshi oʻyinda (7:0) oʻzining ilk xalqaro golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Yanbian FC 2010 Xitoy Birinchi Ligasi 14 1 - - - 14 1
2011 23 2 4 0 - - 27 2
Jami 37 3 4 0 0 0 0 0 41 3
Shenyang Shenbei 2012 Xitoy Birinchi Ligasi 24 0 1 0 - - 25 0
Shandong Luneng 2013 Xitoy Super Ligasi 18 0 1 0 - - 19 0
2014 17 0 2 0 5 0 - 24 0
2015 15 0 4 1 0 0 0 0 19 1
2016 9 0 1 0 3 0 - 13 0
2017 24 3 3 0 - - 27 3
2018 29 6 8 2 - - 37 8
2019 15 0 4 1 8 0 - 27 1
2020 15 2 1 0 - - 16 2
2021 16 0 1 0 - - 17 0
Jami 158 11 25 4 16 0 0 0 199 15
Jami 219 14 30 4 16 0 0 0 265 18

Xalqaro statistika tahrir

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2011 1 0
2012 0 0
2013 1 0
2014 0 0
2015 0 0
2016 0 0
2017 0 0
2018 5 0
2019 4 0
2020 0 0
2021 6 1
2022 1 0
Jami 18 1
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 30.05.2021 Suzhou Olimpiya sport markazi, Suzhou   Guam 2 — 0 7-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Shandong Luneng

  • Xitoy Superligasi : 2021
  • Xitoy Angliya kubogi : 2014[9] 2020[10] 2021
  • Xitoy Angliya Superkubogi : 2015-yil

Shaxsiy yutuqlar tahrir

  • Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2013-yil
  • Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2018-yil

Manbalar tahrir

  1. „延边队1-0广东日之泉 国青小将处子秀“. sports.sina.com.cn (17-aprel 2010-yil). Qaraldi: 28-iyul 2012-yil.
  2. „中甲-长白虎实现逆转 延边2-1中邦喜获客场首胜“. sports.sohu.com (15-may 2010-yil). Qaraldi: 28-iyul 2012-yil.
  3. „金敬道获中超最佳新人 身在韩国队友崔鹏代领奖“. sports.sohu.com (24-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2016-yil.
  4. Church. „Shandong Luneng's Jin Jingdao suspended for doping violation“. ESPN FC.com (9-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2016-yil.
  5. „Shandong Luneng's Jin Jingdao suspended for doping violation“. ESPN FC.com (4-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2016-yil.
  6. „亚足联官宣金敬道提前结束禁赛 鲁能上诉成功“. sports.sina.com (16-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2016-yil.
  7. „金敬道开花斩中超首球!B-TO-B?这赞美也太疯狂“. sports.sina.com (2017-yil 9-iyul). Qaraldi: 10-iyul 2017-yil.
  8. „金敬道国足首秀可圈可点 郜林两球高家军平强敌“. Sohu (2011-yil 28-mart). Qaraldi: 9-noyabr 2016-yil.
  9. „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (22-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
  10. „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn (19-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil.