Jin Yujia (xitoycha: 金羽佳; 1997-yil 6-fevralda tugʻilgan) — singapurlik ayol badmintonchi[1]. U Singapur milliy terma jamoasida doimiy badminton oʻyinchisi sifatida ham xalqaro turnirlarda qatnashadi.

Jin Yujia
金羽佳
Shaxsiy maʼlumoti
Mamlakat Singapur
Tavalludi 6-fevral 1997-yil (1997-02-06) (27 yosh)
Xanchjou, Xitoy
Yashash joyi Singapur
Boʻyi 1.72 m
Ayollar & Aralash juftliklar
Eng yuqori reyting 51 (AyJ 15-iyun 2017)
72 (AJ 22-noyabr 2018)
Joriy reyting 80 (AyJ Crystal Wong bilan)
154 (Aj Andy Kwek bilan) (2-avgust 2022)
Medallari va yutuqlari
Ayollar badmintoni
Singapur bayrogʻi Singapur vakili
Hamdo'stlik o'yinlari
Bronza 2022 Birmingham Aralash jamoa
Janubi-Sharqiy Osiyo o'yinlari
Bronza 2019 Flippin Ayollar jamoasi
Bronza 021 Vetnam Ayollar jamoasi

Yoshligi tahrir

Xanchjou shahrida tugʻilgan Jin Singapurga 2008-yilning boshida, 10 yoshida talaba boʻlish niyyatida kelgan edi, u bu paytda sportchi boʻlishni xayoliga ham keltirmagan. Jin Bedokdagi Yu Neng boshlangʻich maktabida oʻqigan va Tanah Merahdagi Anglican oʻrta maktabida O darajasi imtihonlarini tamomlagan[2].

Biroq, uning onasi Yang Nianhong badminton boʻyicha sobiq Xitoy milliy jamoasi oʻyinchisi boʻlganligi sababli, Jinni badminton sporti bilan dam olish uchun shugʻullanishga odatlantirgan edi. Oxir-oqibat, Jin badminton bilan jiddiy mashgʻulotlar olib borib, keyinroq yaxshi oʻyinlar ham koʻrsata boshladi. Shunday qilib, uning oʻyinlari Singapur terma jamoasiga doimiy oʻyinchi sifatida qoʻshilishiga turtki boʻldi.

Faoliyati tahrir

2016-yilning noyabr oyida Jin Yujia Indoneziya badminton xalqaro musobaqasining ayollar juftlik bahslarida Putri Sari Devid Sitra bilan hamkorlik qilib, yarim finalda 0:2 hisobida (4-21, 13-21) Malayziyaga yutqazdi. Lin Yunru/Ye Zhengwen juftligi bilan birga eng yaxshi oʻyinchi nomiga ega boʻlib, Jin Yujia Hindistonning Haydarobod shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yil Hindiston xalqaro seriyasidagi turnirda oʻzining birinchi katta xalqaro gʻalabasini qoʻlga kiritdi[3]. 2018-yilgi Mangoliya xalqaro musobaqasida u aralash va ayollar juftlik bahslarida qoʻsh sovringa sazovor boʻldi[4].

2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlari tahrir

2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Jin bronza medalini qoʻlga kiritdi; shuningdek, Singapur jamoasi Angliyani 3:0 hisobida magʻlub etib, aralash jamoaviy musobaqada bronza medallariga sazovoz boʻldi[5].

Yutuqlari tahrir

BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (4 ta gʻalaba, 3 ta ikkinchi oʻrin) tahrir

Ayollar juftligi

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2017 Eron Fajr xalqaro turniri   Citra Putri Sari Dewi   Ren-ne Ong

  Crystal Wong

8-11, 13-11, 11-7, 8-11, 5-11  Ikkinchi oʻrin
2017 Hindiston xalqaro turniri   Citra Putri Sari Dewi   Lim Ji Lin

  Yap Zhen

20-22, 21-9, 21-13   Gʻolib
2018 Moʻgʻuliston xalqaro turniri   Citra Putri Sari Dewi   Gong Xue Xin

  Ng Veng Chi

21-16, 21-9   Gʻolib
2019 Lao xalqaro turniri   Lim Ming Xui   Ruethaichanok Laisuan

  Supamart Mingchua

23-21, 12-21, 21-14   Gʻolib
2022 Italiya xalqaro turniri   Crystal Wong   Xsu Ya-ching

  Lin Van-ching

8-21, 8-21   Ikkinchi oʻrin
2022 Denmark Masters   Crystal Wong   Yeung Nga Ting

  Yeung Pui Lam

12-21, 17-21   Ikkinchi oʻrin

Aralash juftliklar

Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija
2018 Moʻgʻuliston xalqaro turniri   Bimo Adi Prakoso   Danny Bawa Chrisnanta

  Crystal Wong

21-11, 22-20   Gʻolib
     BWF xalqaro musobaqa turnirlari
     BWF xalqaro seriya turnirlari

Manbalar tahrir