Jin masjidi (ozarbayjoncha: Cin məscidi) XIV asrga oid tarixiy masjidlardan biri. Ozarbayjonning Boku shahridagi Gala burilishida joylashgan Eski shahar va Shirvonshohlar saroyining bir qismi hisoblanadi. Bino Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan milliy meʼmoriy yodgorlik sifatida roʻyxatga olingan[1].

Tarixi

tahrir

Masjid Sharqiy darvozaning pastki qismida joylashgan. Fasadida hech qanday yozuvlar yo‘q. Bino XIV asrda qurilgan va Qur’ondagi Jin surasi nomi bilan atalgan deb ishoniladi[2]. Masjiddan oʻsha davrda mahalla masjidi sifatida foydalanilgan[3].

Tasnifi

tahrir

Masjid toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, uning tepa qismi uchli tosh gumbaz shaklida[4]. Muqarnasga oʻyilgan besh pogʻonali toʻrli mehrob ichki qismining janubiy devorlari toʻrtburchaklar shaklida hoshiyalangan boʻlib, umuman Shirvon-Absheron meʼmorlik maktabiga xos naqshlar bilan bezatilgan[5].

Masjidning asosiy qismi assimetrik shaklda boʻlib, kirish qismi klassik usulda qurilgan[6].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Azərbaycan Respublikası ərazisində dövlət mühafizəsinə götürülmüş daşınmaz tarix və mədəniyyət abidələrinin əhəmiyyət dərəcələrinə görə bölgüsünün təsdiq edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikasi Nazirlər Kabinetinin qərarı“. e-qanun.az. 2017-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  2. „Cin məscidi“ (az). icherisheher.az. 2018-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  3. „CİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  4. „Cin məscidi“ (az). icherisheher.az. 2018-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  5. „CİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
  6. „CİN MƏSCİDİ“ (az). icherisheher.gov.az. 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.