Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish — OʻzR JKning 26-moddasiga koʻra, shaxsning jinoyatga tayyorgarlik koʻrish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarini yakunlash yoxud oxiriga yetkazish mumkinligini anglab yetgach toʻxtatishi, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini tushungach, shunday oqibat kelib chiqishini oldini olishi nazarda tutiladi[1][2].