Jinoyatchi shaxsi — jinoyat sodir etgan shaxsga salbiy ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan sifatlar hamda tashqi shart-sharoitlar bilan bogʻliq xulqi Jinoyatchi shaxsining umumi-ijtimoiy va jinoyat huquqiy mazmuni tushunchasida oʻzaro aloqadorlik mavjud. Shuningdek har qanday shaxsda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan sifatlar, tabiat va jamiyatdagi shart-sharoitlar oʻz aksini topgan boʻladi. Shuni ham taʼkidlash zarurki jinoyat huquqi nuqtayi nazaridan faqat jinoyatni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxsni jinoyatchi deb hisoblash mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi