Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi

Jizzax viloyati Axborot–resurs markazi 1974-yil tashkil topgan boʻlib, Dastavval Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi deb nomlangan. 1994-yil Viloyat bolalar kutubxonasi Sh. Rashidov nomidagi Jizzax viloyat ilmiy universal kutubxonasiga birlashtirilgan va bu yerda faoliyatni davom ettirgan.

Tarixi tahrir

Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli Sh. Rashidov nomidagi viloyat universal kutubxonasidan viloyat hokimining 2004-yil 3-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan ajralib chiqqan. Oʻzbekiston Respublikasining  2006-yil 20-iyundagi PK 381-sonli „Respublika axolini axborot kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish tugʻrisida“gi qarori, viloyat hokimining 2006-yil 23-iyundagi 93-sonli qarori, Respublika Xalq taʼlimi vazirligining 2006-yil 27-iyundagi 166-sonli buyrugʻi hamda viloyat Xalq taʼlimi  boshqarmasining 2006-yil 11-iyuldagi A-PO/A-sonli buyrugʻi asosida  viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufidagi Viloyat bolalar kutubxonasi asosida Viloyat Axborot–resurs markazi tashkil etildi. 2017-yil noyabr oyida Hurmatli Prezidentimiz tomonidan Jizzax shahrida Zulfiya va Hamid Olimjon hiyobonida barcha sharoitlarga ega 2 qavatli 684 kvadratli  bino barpo etildi.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 2019-yil 4467-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan Viloyat Bolalar kutubxonasiga aylantirildi. Direktor: Yoldashev Anvar Qudratovich 2015-yil oktyabr oyidan boshlab boshqarib kelmoqdalar [1].

Qisqacha maʼlumotlar tahrir

Kutubxona har jihatdan qulay va shinam. Kichkintoylardan tortib to kattalarning ham qiziqishiga javob beradigan kitob zahirasiga ega. Kutubxonaning asosiy vazifasi kitobni targʻibot qilishdan uni keng kitobxon ommasiga yetkazishdan iboratdir.

Kutubxona fondida 40300 mingdan ziyod adabiyotlar va 100 dan ortiq boshqa nashrlar mavjud. Bular: fanning barcha sohalari boʻyicha bolalar yoshini hisobga oluvchi badiiy adabiyotlar, ilmiy – ommabop nashrlar, ijtimoiy – siyosiy kitoblar, jurnallar, O‘zbekistonda va Rossiyada nashr qilingan bolalar hamda kattalar uchun gazeta va jurnallar, ensiklopediya – lugʻatlar, CD romlar, video – audio kassetalardir. Moddiy-texnik bazasi 48 dona kompyuter mavjud, 23 dona kompyuter internetga ulangan. Shuningdek, bolalar oʻqishi rahbarlari uchun ilmiy-uslubiy va bibliografik nashrlar ham oʻz oʻrnini topgan.

Jizzax viloyat bolalar kutubxonasi Jizzax shahar, Jizzaxlik mahallasi, H.Olimjon va Zulfiya bogʻida joylashgan. (oʻz binosiga ega).

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir