Jizzax viloyati AKM (Axborot-kutubxona markazi), Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyatida joylashgan kutubxona. Mazkur kutubxona viloyatning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, ilm-fan, taʼlim-tarbiya hamda milliy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.

Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyagi axborot-resurs markazi

Tarixi

tahrir

1973-yilda Jizzax viloyatida kutubxona tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Jizzax viloyati hukumati tomonidan qabul qilindi. Oʻsha yilning oʻzida viloyat kutubxonasi Jizzax shahridagi 2-kutubxona negizida tashkil etildi. Viloyat kutubxonasi toʻliq 1974-yil 2-sentyabrda qurib bitkazilib, xalq xizmatiga topshirildi. Dastlab kutubxonada 12 ming 200 nusxadan iborat kitob mavjud edi. Shu yili kutubxonada 4 ta boʻlim faoliyat koʻrsatgan[1].

Kutubxona 2006-yilda Jizzax viloyati axborot-kutubxona markaziga aylantirildi[2].

2022-yilda kutubxona yangi binoga koʻchib oʻtgan va Sharof Rashidov nomini olgan. Maʼlumotlarga koʻra, kutubxonada 2 ta oʻquv binosi va 1 ta elektron zal mavjud. Kutubxona 166 ta oʻrinni oʻz ichiga oladi va 90 mingdan ortiq kitob nusxasiga ega[3].

Qoʻshimcha maʼlumotlar

tahrir

Kutubxona shaharning markazida joylashgan[4].

Kutubxona Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan aloqaga ega[5].

Rasmlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Ma'lumotlar bazasi“. Qaraldi: 13-oktabr 2024-yil.
  2. „Ma'lumotlar bazasi“. Qaraldi: 13-oktabr 2024-yil.
  3. „Jizzaxda yangi Axborot-kutubxona markazi ochildi“ (2022-yil 27-avgust). Qaraldi: 13-oktabr 2024-yil.
  4. „joylashuvi“. Qaraldi: 13-oktabr 2024-yil.
  5. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi. Qaraldi: 13-oktabr 2024-yil.