Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi

Jizzax viloyati radiosi 1974-yil sentabrda ilk marotaba efirga chiqdi.

Har kuni soat 16.00 dan 17.00 gacha ultraqisqa toʻlqin (keyinchalik oʻrta toʻlqin)da 5 til, yaʼni oʻzbek, rus, qrim-tatar, qozoq va tojik tillarida eshittirishlar olib borildi.

1996-yil 8-avgust kuni viloyat televideniesi ilk bora oʻz koʻrsatuvlarini namoyish eta boshlagan. Dastlabki koʻrsatuvlar hajmi haftasiga 1 soatni tashkil etgan, ularni tayyorlashda Yaponiyaning «SONY» firmasida ishlab chiqarilgan televideo apparaturalardan foydalanilgan.

Televidenie koʻrsatuvlari 2000-yilgacha faqat Samarqand RTPS orqali uzatilgani uchun ham uni Jizzax viloyatida toʻliq, Sirdaryo viloyati, Samarqand viloyati, Navoiy va Toshkent viloyati viloyatlari qisman, qoʻshni Qozog’iston hamda Tojikistonning chegara shududlari aholisi tomosha qilishgan va hozirda ham shunday. 2000 yilda alohida releyka uskunasi keltirilgani esa koʻrsatuvlarning uzatilishi bilan bogʻliq qiyinchiliklarga barham berdi.

Shu bilan bir qatorda reklama — tijorat boʻlimi faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi. 2005-yildan boshlab efir vaqti byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan yana 1,5 soatga uzaytirilib 7,5 soatga keltirildi.

2003-yil oktabr oyida teleradiokompaniyasi qoshida bir kunda 9 soat (shundan 8 soati oʻz hisobidan) hajmda eshittirishlar beriladigan «Sangzor» radiosi ishga tushdi. Bu viloyatlardagi teleradiokompaniyalar orasida birinchi boʻlib tashkil etilgan, FM kanalida uzatiladigan ilk radio boʻldi.

2004-yilda Jizzax viloyati hokimligi koʻmagi bilan viloyatda birinchi boʻlib «Sangzor» ovoz yozish studiyasi tashkil qilindi. Ovoz yozish studiyasi Yaponiyaning YAMANA firmasida ishlab chiqarilgan zamonaviy talablar darajasida tez va yuqori sifatda yozilishiga erishildi.

Viloyat televideniesida bugungi kunda 4 ta-axborot, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy- maʼrifiy boʻlim, reklama tijorat guruxi mavjud boʻlib, 30 nafardan ortiq mutaxassislar faoliyat koʻrsatadilar.

Havolalar

tahrir