Jmaylo qo‘zg‘oloni
1625-yilgi Jmaylo qoʻzgʻoloni — Oʻrta Dnepr mintaqasida Mark Jmaylo boshchiligidagi Rech Pospolitayaning siyosiy, iqtisodiy va diniy zulmiga qarshi kazak-dehqonlar qoʻzgʻoloni.
Voqealarning borishi
tahrir1620-1621-yillardagi Polsha-Turkiya urushidan keyin dehqonlarning kazak otryadlarga ommaviy oʻtib ketishidan xavotirlangan Seym 1623-yilda Oʻrta Dnepr yerlarida joylashgan kazaklar qoʻshinlarini tarqatib yuborishga qaror qildi. Kazak armiyasi bu qarorga boʻysunishdan bosh tortdi va Polsha armiyasiga qurolli qarshilik koʻrsatishga tayyorligini namoyish qildi. Qoʻzgʻalon arafasida, mitropolit Job Boretskiy boshchiligidagi Kiyev ruhoniylari Kichik Rossiya yerlarini chor tobeligiga qabul qilish iltimosi bilan Moskvaga elchi yubordi[1]. Elchilar orasida kazaklardan vakillar yoʻqligi, shuningdek, Rossiya davlatining qiyinchilik davridan keyin zaiflashgan pozitsiyasi tufayli soʻrov qondirilmadi.
Rech Pospolitaya hukumati 1625-yil sentabr oyida getman Stanislav Konetspolskiy boshchiligida janubiy Kiyev viloyatiga qoʻshin yubordi. 1-oktabr kuni hukumat qoʻshinlari Kanevga yetib keldi. Kazak garnizoni shaharni tark etdi va Moshna yaqinidagi Polsha otryadi bilan boʻlgan jangdan soʻng Cherkassiga chekindi.
Mahalliy kazaklar bilan birgalikda Kanev kazaklari Sibulnik daryosi boʻyiga chekindi. Shuningdek, u yerda boshqa kazak otryadlari ham toʻplandi. Tez orada bu yerga Mark Jmaylo boshchiligidagi kazaklar ham artilleriya bilan yetib keldi. Kazaklar bilan birlashgan Jmaylo qoʻzgʻolonchilar qoʻshinini boshqardi.
Asosiy jang 15-oktabr kuni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolonchilar dushmanga katta zarar yetkazdi, ammo kuchlar teng emasligi sabab ular Kurukov koʻliga chekinishga majbur boʻldi. Bu yerda esa kazaklarni magʻlub etishga urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi va Konetspolskiy muzokaralarni boshlashga majbur boʻldi. Muzokaralar davom etayotgan bir paytda 1625-yil 5-noyabrda kazak qoʻmondonlari orasidagi fitnachilar Jmayloni getman lavozimidan agʻdarib tashladi va Polsha hukumati bilan kazaklar uchun manfaatli boʻlmagan Kurukovskiy shartnomasini tuzdi.
Manbalar
tahrir- Gaidai L. Іstoriya Ukraini v lichnostyax, terminax, nazvaniyax i ponyatiyax.- Lusk: Veja, 2000.
- Spravochnik po istorii Ukraini. Red. I. Podkovi i R. Shusta.- K.: Geneza, 1993. (Wayback Machine saytida 2009-04-10 sanasida arxivlangan)
- Sovetskaya ensiklopediya istorii Ukraini. Kiyev, 1969, t. 2.
Manbalar
tahrir- ↑ Florya B. N. Rossiya i kazatskoe vosstanie 1625 g. // Istoricheskiy vestnik. 2017. T. 16(163). S. 8-23.
Havolalar
tahrir- Istoricheskie istochniki vo vosstaniyu Jmaylo na sayte Vostlit.info