Joʻmart Otorbayev

Qirgʻizistonlik siyosatchi

Joʻmart Kaipovich Otorbayev (Djoomart Kaipovich Otorbaev; 18-avgust 1955, Bishkek) – Qirgʻiziston bosh vaziri (2014-2015)[1][2].

Joʻmart Kaipovich Otorbayev
Джоомарт Каипович Оторбаев
 Qirgʻiziston Bosh vaziri
Mansab davri
2014-yil 26-martdan – 2015-yil 24-aprelgacha
Prezident Almazbek Atambayev
Oʻtmishdoshi Jantoro Satibaldiyev
Vorisi Temir Sariyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-avgust 1955-yil (1955-08-18) (69 yosh)
Bishkek

Biografiyasi

tahrir

1955-yil 18-avgustda Frunze shahrida tugʻilgan[3].

1978-yilda Leningrad davlat universitetini fizik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[4].

1981-yildan Qirgʻiziston milliy fanlar akademiyasida ishlagan.

1985-yildan 1996-yilgacha – Qirgʻiziston davlat universiteti oʻqituvchisi, katta oʻqituvchisi, professori[5].

1996-2005 – Qirgʻiz-rus slavyan universiteti professori[6].

1999-yildan 2002-yilgacha – „Philips Electronics“ korporatsiyasi Markaziy Osiyo boʻlimi bosh ijrochi direktori, vitse-prezidenti[7].

2001-2004-yillarda —Qirgʻiziston prezidentining investitsiyalar jalb qilish boʻyicha maxsus vakili[8].

2001-2005-yillarda – Qirgʻiziston prezidentining Afgʻoniston uchun iqtisodiy yordam boʻyicha maxsus vakili.

2002-2005 yillarda — Qirgʻiziston bosh vazirining iqtisodiyot va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.

2006-2011-yillarda – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta maslahatchisi.

2011-2012-yillarda – Qirgʻiziston bosh vazirining iqtisodiyot va investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosari.

2012-2014 – Qirgʻiziston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari.

2014-2015 – Qirgʻiziston bosh vaziri.

2015-yil 23-aprelda isteʼfoga chiqarildi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Otorbayev Qirgʻiziston milliy universiteti vasiylik kengashi aʼzosi. Project Syndicate, China Daily, Valdai Discussion Club va boshqa tadbirlar uchun material yozadi. Uning „Economic revival of Central Asia and new big game“ (Yangi buyuk oʻyin soyasida Markaziy Osiyoning iqtisodiy tiklanishi) nomli kitobi 2023-yilda Buyuk Britaniyaning Routledge nashriyotida chop etilgan. Kitob (416 bet va 99 ta rasm) Oʻrta Osiyoning dengizga chiqish yoʻli boʻlmagan geografiyasiga koʻra rivojlanishini yoritib beradi.

Manbalar

tahrir