Joʻra Saidov (1899-yil, Narpay, Samarqand – 1938-yil, Moskva) – sobiq quloq. Stalin davri qatagʻoni qurboni boʻlgan.

Joʻra Saidov
Tavalludi 1899-yil
Siyob volosti, Samarqand
Vafoti 1938-yil
Moskva
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Biografiyasi tahrir

 
Moskvadagi Butovo poligoni

Joʻra Saidov 1899-yilda Samarqand viloyatining Narpay tumani Qarnoq qishlogʻida tavallud topgan. Ijtimoiy kelib chiqishi savdogar. Boshlangʻich taʼlimni olgan. Partiyasiz. Millati – oʻzbek. Uning qoʻl ostida bir ot, bir mol, bir qoʻy, bir gektar mevazor bogʻ va guruch sotiladigan doʻkon boʻlgan. Ushbu mulklari tufayli quloqqa tortilgan.

Joʻra Saidov ustidan ikki marta sud majlisi oʻtkazilgan. Dastlab 1927-yilda 3 yillik qamoq jazosi berilgan. Keyinroq qamoqdan qochib ketadi. Natijada ikkinchi marta 1934-yilda OʻzSSR Jinoyat kodeksining 109-moddasiga koʻra otishga hukm qilingan. Oʻlim jazosi keyinroq 10 yillik qamoq jazosi bilan almashtirilgan. Jazo muddatini Dmitlagda oʻtagan. Joʻra Saidov 1938-yil 22-fevralda lagerdalik vaqti qamoqqa olinadi. Bunga sabab sifatida doimiy ravishda partiya va hukumat rahbarlariga tuhmat qilish, aksilshoʻroviy faoliyat olib borganlik ayblari koʻrsatiladi. Lagerda Stalin va Yejovning butun mamlakat boʻylab terror olib borayotgani Tuxachevskiy kabi sovet armiyasi rahbarlari va boshqalar otib tashlangani haqida aytgan fikrlari[1] tergovchi Makolyov tomonidan ayblov xulosasiga kiritib qoʻyilgan. Lagerda hibsga olingandan soʻng uning ishi Moskva viloyati Ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi „uchlik“ (rais – Apresyan, aʼzolar – Yusupov, Sheyndlin, kotib – Baronenko) tomonidan koʻrib chiqiladi. 1938-yilning 2-martida Oliy Sovet uchun oʻtkazilgan saylovlarni tanqid qilgani, hukumat va partiya rahbarlarini haqorat qilish, xalq dushmanlarini maqtash kabi ayblar bilan otishga hukm qilinadi. Oʻlim jazosi 1938-yilning 8-martida ijro etiladi. Moskvadagi Butova maydoniga dafn etilgan[2].

Joʻra Saidov 1990-yilning 10-fevralida butunlay oqlangan.

Joʻra Saidov oilali, 3 farzandi bor. Turmush oʻrtogʻi Bari lagerga surgun qilinayotgan paytda 30 yoshda boʻlgan. Farzandlari Bibixon 7 yosh, oʻgʻli Faxriddin 7 yosh, yana bir oʻgʻli Nasriddin 6 yoshda edi.

Manbalar tahrir

  1. Rustambek Shamsutdinov. Коллективлаштириш ва “катта террор” даврида қатагон қилинган ватандошларимизнинг xoтиpa китоби. Тошкент: Янги аср авлоди, 2015 йил — 343 bet. ISBN 978-9943-27-589-9. 
  2. Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1-kitob). Sharq Toshkent 2012 — 308 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.