Jodugarning jiyaniC. S. Lewis tomonidan yozilgan bolalar fantasy asari. Narniya yilnomalari seriyasida oltinchi, ammo xronologiya boʻyicha birinchi kitob. Kilmerlar oilasiga bagʻishlangan.

Jodugarning jiyani
Asl nomi The Magician's Nephew
Muallif(lar) Buyuk Britaniya bayrogʻi C. S. Lewis
Bezovchi(lar) Pauline Baynes
Til inglizcha
Qismlar Narniya yilnomalari
Janr(lar)i Fantasy,
Bolalar adabiyoti
Nashriyot The Bodley Head
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1955
Sahifalar soni 201
Avvalgisi Ot va bolakay
Keyingisi Soʻnggi jang

Qisqacha mazmuni tahrir

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Polly Plummer Londonda, Digory Kirke koʻchib kelgan uyning yonida yashaydi. Digoryning onasi kasalmand, shuning uchun u birmuncha gʻayrioddiy amakisinikida yashashga majbur. U nega amakisining ishlaydigan xonasiga kirish mumkin emasligini tushunmaydi, bir kuni esa Polly bilan birga oʻsha yerga kirib qolishadi. Uning amakisi Andrew ishi yurishmaydigan jodugar boʻlib chiqadi, ammo u qiziqarli kashfiyot qiladi — ularga tekkan istalgan insonni bizning olamimizdan boshqa yoqqa olib boruvchi sariq va yashil uzuklarni yaratadi. Uzuklar aynan qayerga olib borishini Andrew Ketterley bilmaydi. Shuning uchun u hiyla bilan Pollyga uzukni oldirtiradi, Digory esa oʻzi bilan ikki juft uzuk olib uning ketidan borishga majbur boʻladi.

Bolalar Olamlar-orasidagi-oʻrmonga borib qolishadi, u yerda vaqt deyarli oqmaydi va inson oʻzini anglay olmaydi. Olamlar-orasidagi-oʻrmonda juda koʻp koʻllar boʻladi, har bir koʻl xuddi bizning dunyoga oʻxshash alohida olamga olib boradi. Qiziqish tufayli ular birinchi uchragan dunyoga yoʻl oladilar, bu dunyoning nomi Charn boʻladi. Charn — yo shahar, yo dunyo — deyarli boʻm-boʻsh, ammo qachonlardir unda hayot boʻlgan. Digory va Polly tasodifan yagona tirik inson — shafqatsiz va qudratli Malika Jadisni topishadi. Vasvasaga tushgan Digory Polly bilan unga koʻpgina noxushliklar keltirishini bila turib, Jadisni uygʻotadi. Bolalar bilan birga jodugar 20-asr Londoniga tushib qoladi.

Aniq boʻladiki, bu olamda Jadis sehrni ishlata olmaydi, ammo uning butun jismoniy kuchi saqlanib qoladi. Jadis va unga mahliyo boʻlgan Andrew amaki "shaharni talashga" otlanishadi. Bu vaqtda Polly va Digory uni bizni dunyodan Olamlar-orasidagi-oʻrmonga qaytarish yoʻllarini oʻylashadi. Shuning uchun ular uyga qaytganida bolalar pistirmada oʻtirishgan boʻladi. Toʻs-toʻpolonda Jadis va bolalar bilan birga Andrew amaki hamda tasodifan yonligida boʻlgan cabman va uning oti bizning dunyodan gʻoyib boʻlishadi. Shunday qilib ular endigina yaratilayotgan yangi dunyoga tushib qolishadi. Dunyo qoʻshiq bilan yaratiladi. Avval yer paydo boʻladi, keyin osmon va yulduzlar, Quyosh va oʻsimliklar, undan soʻng gapiruvchi hayvonlar va ertak mavjudotlari yaratiladi. Bu qoʻshiqni aytayotgan jonzot koʻrinadi — bu qudratli va savlatli arslon boʻladi. Qoʻshiq jaranglayotgan mahal dunyo jonga kirib kengayadi, hatto Londondan Jadis olib kelgan fonar ustunining boʻlagidan Fonar ustuni oʻsib chiqadi.

Aslan bolalar bilan muloqotga kirishib, Narniya haqida, "Odam Ato va Momo Havvoning oʻgʻli" jodugarni bu yerga olib kelgani sababli Narniyaga yovuzlik kirib kelganligi va shuning uchun ular yovuzlikka qarshi kurashishda yordam berishlari zarurligini aytib beradi. Buning uchun Aslan Polly va Digoryni shunday bir bogʻga yuboradiki, u yerdan olib kelingan olmadan Narniyani koʻpgina kulfatlardan himoya qila oladigan daraxt oʻsib chiqadi. Bolalar qanotli otda yoʻlga chiqqanlaridan soʻng, u Londonlik cabmanni Narniyaning qiroli etib saylaydi, uning ismi Narniya Qiroli Frank boʻladi, soʻng Aslan bizning dunyodan cabmanning xotini Helenni chaqirib oladi va uni qirolicha qilib saylaydi.

Bu paytda Polly va Digory oʻz maqsadlari: Abadiy Yoshlik Olmalari oʻsuvchi bogʻga yetib borishadi. Bu yerda Digoryni sinov kutadi: u oʻzi uchun olmaga kelgan va uni yeb boʻlgan Jadisni uchratadi. Endi u Digoryni bir olmani oʻzi uchun yoki kasalmand onasi uchun olishga undaydi.

Digory bu taklifni rad etadi. U Aslan uchun yagona olmani uzadi. Va shunday qilib ekilgan olmadan Jadisdan yana koʻp yuz yilliklar himoyalovchi daraxt oʻsib chiqadi. Va shu daraxtdan bir olma Digoryga tuhfa etiladi.

Bolalar Angliyaga qaytishadi, Digoryning onasi tuzaladi. Olmadan qolgan poʻchoqdan boshqa daraxt oʻsib chiqadi, albatta u Narniya daraxti singari oʻta moʻjizali emas edi. Ammo, keyinchalik daraxt qulaganidan soʻng Digory (u paytga kelib professor Kirke) undan kiyim javonini yasashga buyurtma beradi. Va bu javon — endi boshqa toʻrt bolakayni — Narniyaga, yangi sarguzashtlarga olib boradi. Bularning hammasi yilnomalarning keyingi kitobi: "Arslon, Jodugar va Javon"da sodir boʻladi.