Joella Loyd
Joella Lloyd (2002-yil 12-aprelda tugʻilgan) Antigua va Barbudalik sportchisi boʻlib, u 100 metrga va 200 metrga yugurish musobaqalarida milliy rekordchi hisoblanadi.
Joella Lloyd | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud paytidagi ismi | Joella Lloyd |
Tavallud sanasi | 12-aprel 2002-yil |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Tennessi universitetiga oʻqishga borishdan oldin u Sent-Jons Antigua qizlar oʻrta maktabida tahsil olgan[1].
Lloyd SEC chempionatida 200 metr masofada 23,39 ball bilan eng yaxshi natijani koʻrsatishga muvaffaq boʻlgan va 2021-yil fevral oyida umumiy hisobda 9-oʻrinni band etgan. 2021-yil 27-fevralda Lloyd SEC chempionatida yopiq inshootlarda 60 metr masofaga yugurish musobaqalarida konferensiya gʻolibi boʻlgan. U musobaqad 7,15 soniya natija bilan barcha vaqtlardagi musobaqa rekordini oʻrnatgan va 20 yoshgacha boʻlgan har qanday ayol sportchi orasida dunyoda 1-oʻrinni qayd etishga muvaffaq boʻlgan[2].
Lloyd 2021-yil 13-mart kuni NCAAʼda boʻlib oʻtgan musobaqalarda ishtirok etgan. Lloyd musobaqda 60 metr masofada 7,23 natija koʻrsatgan bu natija unga oltinchi oʻrinni band etishiga yetarli boʻlgan[3].
Lloyd 2021-yilning may oyida 100 metrga yugurish boʻyicha Antigua va Barbuda milliy rekordini oʻrnatgan. Bu voqea Noksvilldagi Tennessee Challenge musobaqasida boʻlgan, Lloyd 100 metr masofaga yugurishda 11.19 soniya natija qayd etgan bu unga oltin medal va rekordni olib kelgan. Natija shuningdek, 2021-yilda U-20 jahon chempionati yetakchisi boʻlgan amerikalik Tionna Braunning 11,29 soniyalik rekordini yangilagan[4]. Lloyd 2021 NACAC U20 chempionatida 100 mertga yuhurish bahslarida bronza va 200 metrga yugurish bahslarida kumush medalga sazovor boʻlgan[5][6].
Kechiktirilgan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 100 metrga yugurish uchun tanlangan Lloyd birinchi bosqichda 11,54 soniya koʻrsatgan bu unga keyinga bosqichga chiqishi uchun yetarli boʻlgan[7][8][9].
2022-yil may oyida Lloyd SEC chempionatlarida 23.09 soniya qayd etib 200 metrga yugurish boʻyicha milliy rekordini yangilagan[10]. Lloyd NCAA chempionatining yarim finalida 200 metrga 22,66 natija bilan milliy rekordni yanada yaxshilagan[11]. 2022-yilgi yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida Lloyd yana 23 soniyadan pastroq natija koʻrsatib yarim final yoʻl olgan[12].
Manbalar
tahrir- ↑ „Joella Lloyd - Track & Field / XC - University of Tennessee Athletics“. utsports.com. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „History-making Joella Lloyd and Carey McLeod shine brightly for Tennessee at SEC Indoors“. sportsmax.tv. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „Lloyd finishes sixth in final race of indoor season - Antigua Observer Newspaper“. antiguaobserver.com. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „Joella Lloyd breaks 28-year-old national 100m record with World U20-leading run at Tennessee Challenge“. sportsmax.tv. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „Trinidad and Tobago capture three medals on Day 1 of NACAC Under-23 Championships“. Newsday (2021-yil 10-iyul). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Lloyd Runs Away With Silver Medal On Final Day of NACAC Championships“. Antigua Observer (2021-yil 12-iyul). Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Road To“. World Athletics. Qaraldi: 2021-yil 28-iyun.
- ↑ „Athletics - Preliminary Round - Heat 3 Results“. olympics.com. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
- ↑ „Athletics - Round 1 - Heat 1 Results“. olympics.com. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
- ↑ „Joella Lloyd Breaks 29-year-old 200m Record“.
- ↑ „Track & Field, Cross Country Results, Statistics“.
- ↑ „Joella Lloyd Qualifies for 200M Semi-Finals at World Championships“ (2022-yil 19-iyul).