Johanna Beisteiner
Johanna Beisteiner (talaffuzi: Yohanna Bayshtayner; 1976-yil 20 -fevral, Wiener Neustadt, Avstriya) — avstriyalik klassik gitarachi[1].
Johanna Beisteiner | |
---|---|
Tavalludi |
20-fevral 1976-yil |
Janrlar | klassik musiqa |
Kasbi | gitarachi |
Faoliyat yillari | 1992-yiildan |
Leybllar | Gramy Records |
Fuqaroligi | Avstriya |
Veb-sayt | beisteiner.com |
Biografiyasi
tahrirJohanna Beisteiner 9 yoshidan boshlab, Wiener Neustadtdagi Jozef Mattias Xauer nomidagi musiqa maktabida tahsil ola boshlagan. 1992-yilda Johanna Beisteiner Vena musiqa va ijro sanʼati universitetiga oʻqishga kiradi va universitetnii gitara yoʻnalishi boʻyicha tamomlaydi. Bundan tashqari, Beisteiner musiqashunoslikni oʻrgangan va 2005-yilda „Figurali uchish, sinxron suzish va badiiy gimnastikada klassik musiqa“ (nemischa: Kunstmusik in Eiskunstlauf, Synchronschwimmen und rhythmischer Gymnastik ) mavzusida doktorik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Beisteiner uygʻonish davridan to hozirgi kungacha boʻlgan oʻzining keng repertuariga ega. Xususan, kompozitorlar Róbert Gulya, Reuben Pace va Eduard Shafransky asarlarining jahon premyeralarini ijro etgan[2]. Gitarachi oʻz asarlarini ham yaratgan. Beisteiner Sochi simfonik orkestri, Malta filarmonik orkestri, Vengriya radio simfonik orkestri, Grats kamer filarmoniyasi, Budapesht torli kamer orkestri, dirijyorlar Oleg Soldatov, Michelle Castelletti, Béla Drahos va boshqalar bilan hamkorlik qilgan.
2017-yilda Beisteiner xalqaro Valletta barokko musiqa festivaliga Manoel teatrida, shuningdek, Malta Milliy kutubxonasida konsert berish uchun taklif qilinadi[3][4].
Johanna Beisteinerning gitarasi madridlik usta Paulino Bernabe Senior tomonidan yasalgan.
Mukofot va faxriy unvonlari
tahrir2008-yil: Konkordiya teatrining 200 yilligi billur mukofoti, (Monte Castello di Vibio, Italiya)[5], 2011-yil: Berlin, Germaniyadagi Hohenschönhausen qal’asi jamiyatining faxriy aʼzosi, 2016-yil: Minkus Don Kixot baleti mavzusidagi Fantaziya asari uchun Teatro della Concordia mukofoti bilan mukofotlangan[6].
Diskografiyasi
tahrirKompakt disklar
tahrir- Dance Fantasy (2001)
- Salon (2002)
- Between present and past (2004)
- Virtuosi italiani della chitarra romantica (2007)
- Austrian Rhapsody (2012)
- Don Quijote (2016)
DVD
tahrir- Live in Budapest (2010)
Badiiy filmlar uchun musiqa
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Johanna Beisteiner, Konzertgitarristin (Wayback Machine saytida 2014-12-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ Мировые премьеры на сайте Иоганны Байштайнер, (по-русски)
- ↑ A baroque world premiere.
- ↑ „Malta is more.“. 2018-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 29-aprel.
- ↑ Bicentenario del Teatro della Concordia.[sayt ishlamaydi] Programma prazdnovaniya dvuxsotletiya osnovaniya Teatra Konkordia/Teatro della Concordia. aprel 2008 g., (po-italyanski)
- ↑ Наград Театрa делла Конкордия для гитаристки. Симоне Мацци, 20-09-2016, по-итальянски.