John Baldwin, Jr. (1973-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) — amerikalik isteʼfodagi figurali uchuvchi. Sherigi Rena Inoue bilan juftlikda ikki karra AQSh milliy chempioni boʻlgan. Inoue va Baldwin musobaqada uch marta Axel sakrashni amalga oshirgan birinchi konkida uchuvchilardir.

John Baldwin

Rena Inoue va John Baldwin
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi John Baldwin, Jr.
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 18-oktyabr 1973-yil (1973-10-18) (50 yosh)
Texas
Yashash joyi Santa Monica, California
Sherigi Rena Inoue
Jamoasi All Year FSC
Uchishni boshlagan 1975
Yakunlagan 2010

Faoliyati tahrir

John Baldwin yakka va juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan. Sherigi Tristan Colell bilan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[1]..

Baldwin Rena Inoue bilan juftlik hosil qildi. Ular oʻzlarining birinchi AQSh chempionatida (2001) oʻn birinchi, keyingi mavsumda esa 14-oʻrinni egalladilar. Oʻshandan beri sportchilar toʻrtta qitʼa chempionatlari va Gran-pri bosqichlarida muntazam qatnashib kelmoqda. 2004/2005-yilgi mavsumda ular AQSh Gran-prisida bronza medalini qoʻlga kiritib, oltinchi oʻrinni egallagan seriya finaliga yoʻllanma olgan[2].

Juftlik 2001-yilgi AQSh chempionatida ishtirok etib, 11-oʻrinni egalladi. Keyingi mavsumda 2002-yilgi AQSh chempionatida qalay medalini qoʻlga kiritdilar. Juftlik 2002-yilgi Toʻrt qitʼa musobqasida qatnashib, 7-oʻrinni egalladi[3].

2002 — 2003-yilgi mavsumda Inoue / Baldwin birinchi marta oʻzlarining Gran-pri musobaqasida qatnashdi. Ular 2003-yilgi Toʻrt qitʼada musobaqasini tark etishdi, ammo 2003-yilgi jahon chempionatida ishtirok erib,10-oʻrinni egalladilar.

Inoue / Baldwin 2003 — 2004-yilgi mavsumda Gran-pri natijalarini yaxshiladilar va birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritdilar. Ular 2004-yilgi Toʻrt qitʼa musobaqasida 4-oʻrinni egallashdi va 2004-yilgi Jahon chempionatida yana 10-oʻrindan joy oldi[4].

2004 — 2005-yilgi mavsumda juftlik birinchi marta Gran-pri medallarni qoʻlga kiritdilar va Gran-pri finaliga yoʻllanma oldilar va u yerda ishtirok etgan holda 6-oʻrinni egalladi. Juftlik 2005-yilda figurali uchish boʻyicha AQSh chempionatida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdilar va 2005-yilgi jahon chempionatida 11-oʻrindan joy oldilar.

Manbalar tahrir

  1. „John Baldwin“ (en). Международный олимпийский комитет. 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.
  2. Andoza:Isu name
  3. Алексей Доспехов. „Судьи согласились на "Метель"“ (ru). Коммерсантъ (2006-yil 13-fevral). 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.
  4. Megan Tevrizian. „North County Married Couple Knows How Olympian Skating Couples Feel“ (en). NBC 7 San Diego (2018-yil 13-fevral). 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-oktyabr.