John Dickinson
John Dickinson (2-noyabr Yulian taqvimi boʻyicha, 13-noyabr Grigoriy taqvimi boʻyicha 1732-yil) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining asoschilaridan biri, Filadelfiya va Wilmington siyosatchisi huquqshunos. Dickinson 1767-yilda ilk nashrdan chiqqan va 1768-yilda qayta nashr etilgan va „Letters from a Farmer in Pennsylvania“ asari uchun „yangicha uslub bilan chiqqan qalamkash“ deb eʼtirof etilgan. Shuningdek, 1768-yilda AQSH mustaqillik urushi madhiyasiga aylangan „The Liberty Song“ qoʻshigʻining matnini yozgan[1].
John Dickinson | |
---|---|
Portret (1780) | |
Pensilvaniya hukumatining 5-prezidenti | |
Mansab davri 7-noyabr 1782-yil – 18-oktyabr 1785-yil | |
Vitse-prezident | Charles Biddle |
Oʻtmishdoshi | William Moore |
Vorisi | Benjamin Franklin |
Delaware hukumatining 5-prezidenti | |
Mansab davri 13-noyabr 1781-yil – 12-yanvar 1783-yil | |
Oʻtmishdoshi | Caesar Rodney |
Vorisi | John Cook |
Delaware kontinental kongress aʼzosi | |
Mansab davri 18-yanvar 1779-yil – 7-noyabr 1776-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
2-noyabr (Yulian taqvimi boʻyicha), 13-noyabr (Grigoriy) taqvimi boʻyicha) 1732-yil Talbot (Maryland), Maryland viloyati |
Vafoti |
14-fevral 1808-yil (75 yoshda) Wilmington (Delaware) |
Siyosiy partiyasi | Demokratik-Respublikachilar Partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Mary Norris Dickinson |
Dickinson Kontinental assotsiatsiya qoshidagi Birinchi Kontinental kongress aʼzosi. Bundan tashqari u 1774-yilgi Qirollik nomiga yoziladigan iltimosnoma, arizalarning qoralamasini tayyorlashga ham masʼul boʻlgan. Shu bilan birga Ikkinchi kontinental kongress aʼzosi sifatida 1775-yilda Olive Branch iltimosnomasini yozgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „UD Library discovers Thomas Jefferson letter“. University of Delaware (2009-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 5-dekabr.
- ↑ National Archives and Records Administration: "America's Founding Fathers: Delegates to the Constitutional Convention."