John G. Hawthorne
John Greenfield Hawthorne (1915—1977-yillar) – ingliz arxeologi va akademigi boʻlib, yunon adabiyotiga oid asarlari bilan tanilgan. 1963-yilda Cyril Stanley Smith bilan birgalikda Theophilusning metallurgiyaga oid asarlarini tarjima qilgan.
John G. Hawthorne | |
---|---|
Tavalludi | 6-iyun 1915 |
Vafoti | 8-mart 1977 |
Yoshlik davri va taʼlimi
tahrirJohn Greenfield Hawthorne 1915-yilning 6-iyun sanasida Angliyaning Nyukasl shahrida tugilgan[1] va uning Edward and William ismli ikkita ukalari ham boʻlgan. U dastalab Rugby maktabida tahsil olgan, soʻngra 1937-yilda Kembrij universiteti qoshidagi Corpus Christi kollejini yuqori natijalar bilan tamomlagan. Ikki yildan soʻng Garvard universitetida magistirlik darajasini ham qoʻlga kiritadi.
Ikkinchi Jahon urushi davrida, yaʼni 1941-1946-yillarda koʻplab diplomatik lavozimlarda, masalan, Belgiyadagi Britaniya elchixonasida tijorat attashesi va Buyuk Britaniyaning Qoʻshma Shtatlardagi iqtisodiy missiyasi aʼzosi sifatida ish faoliyatini olib borgan. 1946-yilning yanvar oyiga kelib „The Greeks and the Sea“ mavzusida nutq soʻzlaganida Janubiy Afrikaningv [./Https://en.wikipedia.org/wiki/Consolidated_Gold_Fields Consolidated Gold Fields]kompaniyasiga kotib va gʻaznachi qilib saylangan.
1946-yilda Hawthorne Kembrij universitetida boshqa magistirlik darajasini olishga muvaffaq boʻladi. Qolaversa, 1949-yilda Chikago universiteti professori sifatida faoliyatini olib borganida Gertrude Smit va Benedikt Eynarsonning rahbarligida Falsafa doktori darajasini ham qoʻlga kiritadi. Oʻsha vaqtlarda Chikago universiteti klassika boʻyicha doktorlik darajasini taklif qiladigan kam sonli maktablardan biri boʻlgan. Hawthornening dissertatsiyasi mavzusi A Critical Appraisal with Translation and Commentary of the Extant Fragments boʻlgan va unda Leontini Gorgiasning asarlarini ilk marotaba toʻliq holatda ingliz tilda taqdim qilgan[1].
Faoliyati
tahrir1946-yilda u Chikago universitetida dotsent, 1952-yilda esa klassika dotsenti etib tayinlangan. 1953-yilda Vassarda dars berib, 1957-yildan 1960-yilgacha Chikago universitetidagi kafedraga mudirlik qilgan. 1956-1963-yillarda esa Amerika Arxeologiya Instituti Chikago Jamiyati prezidenti boʻlib ishlagan. 1957-yilda Gretsiyaning Afina shahridagi Amerika klassik tadqiqotlar maktabida tadqiqot ishlarini olib borishi uchun uni Fulbrayt stipendiyasi bilan taqdirlashadi. Shu bilan birga u yerda qazishma ishlarini ham amalaga oshiradi. Hawthorne Ayova va Minnesota universitetlarida mehmon maʼruzachi sifatida arxeologiya fani doirasida maʼruzalar ham oʻqigan.
1963-yilda Hawthorne Cyril Stanley Smith bilan birgalikda Theophilusning metallurgiyaga oid asarlarini tarjima qilgan. Kitob Charles Reginald Dodwellning 1961-yilgi tarjimasidan soʻng filologik yondashuvga asoslangan holatda nashr qilindi[2]. Tarixchi Lynn Townsend White Jr.ning yozishicha, „bundan buyon Theophilus bilan shugʻullanadigan har bir inson bu ikkala kitobni bir vaqtning oʻzida oʻqishi kerak. Smith and Hawthorne asarni Dodwell asosida yaratgan boʻlsalar-da, keyinchalik maʼlum holatlarni hisobga olmaganda, oʻz obroʻsini saqlab qoladi“[2].
1969-yilda talabalar norozilik namoyishidan soʻng Hawthorne Chicago Tribune gazetasiga qoʻngʻiroq qilib xabar beradi. „Chikogodagi namoyish qon toʻkishlarsiz, urushlarsiz, zoʻravonliksiz tugatildi“, dedi u. … "Shu yerdagi va xorijdagi boshqa kollejlar politsiya va harbiylarni chaqirdi va universitet qoniqarli va adolatli ravishda muammoni hal qildi".
Hayoti
tahrir1948-yilning 7-iyul oyida Stenford bitiruvchisi Dolores Bandini bilan oila quradi. U ayol Mildred va Elliott Bandinilarning farzandi boʻlgan. Otasining oʻzi ham Stenfordda tahsil olgan muhandis boʻlgan. Qolaversa u ayol Juan Bandinining nevarasi ham boʻlgan. Bandinining oyisi oʻsha yerda yashagani sababli ularning nikoh toʻyi Florensiyada boʻlib oʻtadi. Hawthorne and Bandinilarning ikki farzandi boʻladi, bular John Elliott va Margaret Deirdre „Nini“ Hawthornelar.
Hawthorne 1952-yilda Qoʻshma Shtatlar fuqaroligini oladi. 1977-yil 8-martda 61 yoshida Billings kasalxonasida olti oy yotib qolganidan keyin vafot etdi. Uning oʻgʻli boʻlgan. U Dyuk universiteti oʻrmon xoʻjaligi bitiruvchisi boʻlgan, ammo Oregon shtatida toqqa chiqishda baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan.
Chikago universiteti The John G. Hawthorne Travel Prize in Classical Studies mukofoti uning sharafiga nomlangan. Uni „Gretsiya yoki Italiya kabi mamlakatlarda klassik materiallarni oʻrganishi uchun bakalavr talabalariga“ beriladi.
Nashrlari
tahrirHawthornening nashrlari orasida qadimgi yunon adabiyoti va tarjimalari haqida koʻpgina adabiyotlar mavjud boʻlib, shuningdek, yunon arxeologik qazilmalari haqida ikkita hujjatli filmni tahrirlagan.
Kitoblari
tahrir- Hawthorne, John G.. Theophilus: On Divers Arts, 2nd, New York: Dover, 1979. ISBN 0-486-23784-2.
Maqolalari
tahrir- Hawthorne, John G. (November 1951). "The Delight of Latin". The Classical Journal (Classical Association of the Middle West and South) 47 (2): 75–77, 98. https://archive.org/details/sim_classical-journal_1951-11_47_2/page/75.
- Hawthorne, John G. (1958). "The Myth of Palaemon". Transactions of the American Philosophical Society (American Philosophical Society) LXXXIX: 92–98. doi:10.2307/283668.
- Hawthorne, John G. (April 1959). "The Agamemnon of Aeschylus: A Lecture in a General Education Course in the Humanities". The Journal of General Education XII (2): 104–112.
- Hawthorne, John G. (September 1965). "Cenchreae: Port of Corinth". Archaeology (New York: Archaeological Institute of America) 18 (3): 191–200.
- Smith, Cyril Stanley; Hawthorne, John G. (1974). "Mappae Clavicula: A Little Key to the World of Medieval Techniques". Transactions of the American Philosophical Society (American Philosophical Society) 64 (4): 1–128. doi:10.2307/1006317.
Sharhlar
tahrir- Hawthorne, John G. (1952-yil, iyul) "Review of Einführung in die griechische Metrik, by Karl Rupprecht" Classical Philology (Chicago: The University of Chicago Press) XLVII (3): 204–205 doi:10.1086/363535.
- Hawthorne, John G. (1954-yil, yanvar) "Review of Greek Literature for the Modern Reader, by Harold Baldry" Classical Philology (Chicago: The University of Chicago Press) XLIX (1): 45–47 doi:10.1086/363729.
- Hawthorne, John G. (1954-yil, aprel) "Review of Euripide et la Guerre du Péloponnèse, by Édouard Delebecque" Classical Philology (Chicago: The University of Chicago Press) XLIX (2): 144–146 doi:10.1086/363784.
- Hawthorne, John G. (1955-yil, yanvar) "Review of Plato's Phaedrus, translated by Reginald Hackforth" Classical Philology (Chicago: The University of Chicago Press) L (1): 75–76 doi:10.1086/363879.
- Hawthorne, John G. (1963-yil, yanvar) "Review of Heraclitus, by Philip Wheelwright" The Journal of Religion (Chicago: The University of Chicago Press) XLIII (1): 63–65 doi:10.1086/485512.
Boshqalar
tahrir- Hawthorne, John G.. „Chicago: A Sonnet“. Chicago Daily Tribune (1946-yil 12-oktyabr), s. 14.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Hawthorne 1949.
- ↑ 2,0 2,1 White 1964.
Adabiyotlar
tahrir- Agoston, George A. (1977-yil, yoz oyi) "Review of Mappae Clavicula: A Little Key to the World of Medieval Techniques" Leonardo (Oxford: Pergamon Press) 10 (3): 256 doi:10.2307/1573473.
- Dresbeck, LeRoy Dresbeck (1975-yil, avgust) "Review of Mappae Clavicula: A Little Key to the World of Medieval Techniques" Technology and Culture (Chicago: The University of Chicago Press) 16 (2): 287–289 doi:10.2307/3103495.
- Hall, Bert S. (1976-yil, mart) "Review of Mappae Clavicula: A Little Key to the World of Medieval Techniques" Isis (Washington, D.C.: The Smithsonian Institution) 67 (236): 123–124 doi:10.1086/351562.
- Kauffmann, C. M. (1964-yil, may) "Review of Theophilus: On Divers Arts" The Burlington Magazine (London) CVI (734): 239–240.
- Morrison, Philip (1980-yil, mart) "Review of Theophilus: On Divers Arts, and of Mappae Clavicula: A Little Key to the World of Medieval Techniques" Scientific American (New York: Scientific American, Inc.) 242 (3): 41–44 doi:10.1038/scientificamerican0380-41.
- White, Lynn Townsend Jr. (1964-yil, bahor) "Theophilus Redivivus" Technology and Culture (The Johns Hopkins University Press) V (2): 224–233 doi:10.2307/3101163.
- Republished as White, Lynn Townsend Jr. „Theophilus Redivivus“, . Medieval Religion and Technology: Collected Essays. Berkeley: University of California Press, 1978 — 93–103-bet. ISBN 0-520-03566-6. „Theophilus Redivivus“. Medieval Religion and Technology: Collected Essays. Berkeley: University of California Press. pp. 93–103. ISBN <bdi>0-520-03566-6</bdi>.
Havolalar
tahrir- Afinadagi Amerika klassik tadqiqotlar maktabi tomonidan oʻtkazilgan Jon G. Hawthorne hujjatlari