John Tucker
John G. Tucker (talaffuzi: Jon G. Taker, 1964-yil 29-sentyabrda tug‘ilgan) — Kanadalik, sobiq professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi bo‘lib, 1980—1990-yillarda Kanada Milliy xokkey ligasida o‘n ikki mavsum o‘ynagan. Faoliyati davomida Buffalo Sabers va Tampa Bay Lightning jamoalarida 177 ta gol urgan. Shuningdek, 656 marta doimiy mavsum oʻyinlarida 259 golli uzatma va 31 pley-off oʻyinida yana 28 ochko jamgʻargan. U yana bir necha mavsum Italiya va Yaponiyada ham oʻynagan.
John Tucker | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
29-sentyabr 1964-yil Windsor, Ontario, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 1 in (185 cm) | ||
Ogʻirligi | 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb) | ||
Pozitsiyasi | Markaziy oʻyinchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | Oʻng qanot | ||
Oʻynagan jamoalari |
Buffalo Sabres Washington Capitals New York Islanders Tampa Bay Lightning | ||
NHLga kirish drafti |
31-oʻrin, 1983 Buffalo Sabres | ||
Jamoalardagi faoliyat | 1983—1996 |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirTucker Buffalo jamaoasi tomonidan 1983 -yilgi NHLga draftida[1] 31-oʻrinda jamoaga tanlangan va Kitchener Rangers jamoasiga qarshi kichik musobaqada oʻynagan. 1982-yilda jamoa Memorial kubogini qoʻlga kiritgan[2]. Tucker 1983-yildan 1989-yilgacha Buffalo jamoasida oʻynagan. Uni 1990-yil 5-yanvarda Washington Capitals jamoasi sotib olgan[3]. Keyingi mavsumda Tucker Italiya ligasining HC Asiago jamoasiga qoʻshildi va 36 oʻyinda 88 ochko toʻpladi. Shuningdek, u liganing eng yaxshi oʻyinchisiga beriladigan Trofeo Gazzetino mukofoti gʻolibiga aylandi[1].
1996—1997-yilgi mavsumda Tucker Italiyaga qaytib, Milano klubida oʻynagan. Keyingi uch mavsumda esa John Yaponiyaning Kokudo Keikaku jamoasi bilan oʻynagan[4].
Murabbiylik faoliyati
tahrir2006-yildan 2010-yilgacha Tucker oʻzining Italiyadagi jamoasi HC Asiagoda maslahatchi va vaqtinchalik murabbiy boʻlib ishlagan. 2010-yilda Tucker jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangan.
2014-yil 17-aprelda Tucker Ontario Junior Xokkey Ligasining Buffalo Junior Sabers Junior A jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan[5].
Shaxsiy hayoti
tahrirTuckerning hozirgi kunda Florida shtatining Tampa va Italiyaning Asiago shaharlarida oʻz uyi bor.
Faoliyat statistikasi
tahrirDoimiy mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirGP | Oʻynalgan oʻyinlar | G | Gollar | A | Uzatmalar | Pts | Jamoa toʻplagan ochkolari | PIM | Penalti uchun belgilangan daqiqalar |
Doimiy mavsum | Pley-off | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Jamoa | Liga | GP | G | A | Pts | PIM | GP | G | A | Pts | PIM | ||
1981—1982 | Kitchener Rangers | OHL | 67 | 16 | 32 | 48 | 32 | 15 | 2 | 3 | 5 | 2 | ||
1982—1983 | Kitchener Rangers | OHL | 70 | 60 | 80 | 140 | 33 | 11 | 5 | 9 | 14 | 10 | ||
1983—1984 | Kitchener Rangers | OHL | 39 | 40 | 60 | 100 | 25 | 12 | 12 | 18 | 30 | 8 | ||
1983—1984 | Buffalo Sabres | NHL | 21 | 12 | 4 | 16 | 4 | 3 | 1 | 0 | 1 | 0 | ||
1984—1985 | Buffalo Sabres | NHL | 64 | 22 | 27 | 49 | 21 | 5 | 1 | 5 | 6 | 0 | ||
1985—1986 | Buffalo Sabres | NHL | 75 | 31 | 34 | 65 | 39 | — | — | — | — | — | ||
1986—1987 | Buffalo Sabres | NHL | 54 | 17 | 34 | 51 | 21 | — | — | — | — | — | ||
1987—1988 | Buffalo Sabres | NHL | 45 | 19 | 19 | 38 | 20 | 6 | 7 | 3 | 10 | 18 | ||
1988—1989 | Buffalo Sabres | NHL | 60 | 13 | 31 | 44 | 31 | 3 | 0 | 3 | 3 | 0 | ||
1989—1990 | Buffalo Sabres | NHL | 8 | 1 | 2 | 3 | 2 | — | — | — | — | — | ||
1989—1990 | Washington Capitals | NHL | 38 | 9 | 19 | 28 | 10 | 12 | 1 | 7 | 8 | 0 | ||
1990—1991 | Buffalo Sabres | NHL | 18 | 1 | 3 | 4 | 4 | — | — | — | — | — | ||
1990—1991 | New York Islanders | NHL | 20 | 3 | 4 | 7 | 4 | — | — | — | — | — | ||
1991—1992 | Asiago HC | Italy-A | 18 | 16 | 21 | 37 | 6 | — | — | — | — | — | ||
1992—1993 | Tampa Bay Lightning | NHL | 78 | 17 | 39 | 56 | 69 | — | — | — | — | — | ||
1993—1994 | Tampa Bay Lightning | NHL | 66 | 17 | 23 | 40 | 28 | — | — | — | — | — | ||
1994—1995 | Tampa Bay Lightning | NHL | 46 | 12 | 13 | 25 | 14 | — | — | — | — | — | ||
1995—1996 | Tampa Bay Lightning | NHL | 63 | 3 | 7 | 10 | 18 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
1996—1997 | HC Milan | Italy-A | 30 | 12 | 29 | 41 | 88 | — | — | — | — | — | ||
1997—1998 | Kokudo Keikaku | JPN | 39 | 27 | 47 | 74 | 53 | — | — | — | — | — | ||
1998—1999 | Kokudo Keikaku | JPN | 23 | 21 | 20 | 41 | 30 | — | — | — | — | — | ||
1999—2000 | Kokudo Keikaku | JPN | 24 | 14 | 22 | 36 | 0 | — | — | — | — | — | ||
NHLdagi umumiy ochkolari yigʻindisi | 656 | 177 | 259 | 436 | 285 | 31 | 10 | 18 | 28 | 20 |
Murabbiylik faoliyati statistikasi
tahrirMavsum | Jamoa | Liga | Turi | GP | Natija |
2011—2012 | Asiago HC | Italy-A | Bosh murabbiy† | ||
2006—2007 | Asiago HC | Italy-A | Bosh murabbiy‡ | ||
2015—2016 | Buffalo Jr. Sabres | OJHL | Bosh murabbiy | 54 | Jamoa 1-oʻyinda magʻlub boʻlgan |
2014—2015 | Buffalo Jr. Sabres | OJHL | Bosh murabbiy | 54 | Jamoa 1-oʻyinda magʻlub boʻlgan |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „John G. Tucker“. Legends of Hockey.net. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „Memorial Cup 1982“. Kitchener Rangers.com. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „John Tucker: Right Wing - Notes“. Capitals.com. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „John Tucker“. Hockey Reference.com. 2008-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „Official Site of the National Hockey League“. 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.