John Winthrop (1587/88-yil 12-yanvar – 1649-yil 26-mart) ingliz putrian[1] huquqshunosi va Massachusets koʻrfazi koloniyasi[2] asoschilaridan biri.

  • A Model of Christian Charity[3]

Xristian xayriya namunasi – unda Puritan jamiyatini eʼtiqodda mustahkam saqlash gʻoyalari va rejalari, shuningdek, Yangi Dunyoda yengish kerak boʻlgan kurashlar tasvirlangan. U asarda U mustamlakachilarni „bir-birining yukini koʻtarishga“ va oʻzlarini „Sevgi bilan toʻqilgan Masihning tanasi“ deb bilishga undadi. U mustamlakachilarga hatto Angliya cherkovidan ham qatʼiyroq boʻlishlarini va namunali davlat qurishni maqsad qilib qoʻyishlarini aytdi. Agar ular shunday qilishsa, Xudo bizni „ibodat va shon-sharafga aylantiradi.“

Asar oʻn toʻqqizinchi asrgacha nashr etilmagan, garchi u shu vaqtgacha maʼlum boʻlgan va qoʻlyozma shaklida tarqalgan edi.

  • The History of New England

The history of new England asarida John Winthrop oʻz hayoti va tajribalarini Atlantika okeani boʻylab sayohatdan boshlab, Massachusetsda oʻtkazgan davrigacha davom etgan. Dastlab uchta daftarga yozib qoʻygan. Uning asari „1630 va 1640 yillardagi Massachusets tarixi uchun markaziy manba“ sifatida tan olingan. Birinchi va ikkinchi daftarlari 1790-yilda Noah Webster[4] tomonidan chop etilgan. Uchinchi daftar uzoq vaqt davomida yoʻqolgan deb oʻylangan, ammo 1816-yilda qayta topilgan va toʻliq holda 1825 va 1826 yillarda Jeyms Savage tomonidan 1630-yildan 1649-yilgacha „Yangi Angliya tarixi“ sifatida nashr etilgan. Ikkinchi kitobi 1825-yilda Savagening idorasidagi yongʻinda yoʻq qilingan. Qolgan ikki qismlari Massachusets tarixiy jamiyati arxivi[5] da saqlanyabdi.

Manbalar

tahrir