Jomi jam (JAMSHID). Jamshid jomi. Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Jamshid saltanatining taraqqiyoti va tanazzuli haqida ma’lumot bergan.

Mutasavviflar gʻayb asroridan voqif qalbni «jomi jam»ga oʻxshatishgan. Irfoniy adabiyotdagi «jom sharobi» ilohiy sirlarni oshkor qilishi bilan «jomi jahonnamo»ga qiyos qilingan. Solik bu «jomi jahonnamo»ga nazar solib, uning sirlaridan ogoh boʻladi hamda qalbini gʻurur va oʻzligidan xalos etib, doʻst ishqi bilan limmo-lim toʻldiradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. Usmonov, Olimov, Yo'ldashxo'djayev, Faxriddinov, To'ychiyeva, Jabborov, Cho'tmamatov, Rahimov, Komiljonova, Karimova, Nurmuhammedov, Erkaboyeva, Jurayev 2015, s. 80.

Adabiyotlar

tahrir
  • Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.