Jonathan Darryl Klemm (talaffuzi: Jonatan Darril Klemm, 1970-yil 8-yanvarda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. U faoliyati davomida Gʻarbiy xokkey ligasining Winnipeg Ice jammoasining yordamchi murabbiyi boʻlgan

Klemm Straubing Tigers bilan 2008-yilda
Tugʻilgan joyi 8-yanvar 1970-yil (1970-01-08) (54 yosh)
Cranbrook, British Columbia, Canada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot
Oʻynagan jamoalari Quebec Nordiques
Colorado Avalanche
Chicago Blackhawks
Dallas Stars
Los Angeles Kings
Straubing Tigers
NHLga kirish drafti Tanlanmagan
Jamoalardagi faoliyat 1991—2009

Jamoalardagi oʻyin faoliyati tahrir

1991-yilda Spokane jamoasi sardori sifatida Memorial kubogini qoʻlga kiritgandan soʻng, Klemm 1991-yil 14-mayda Quebec Nordiques jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan. Klemm keyingi toʻrt yilni asosan Halifax Citadels va AHLning Cornwall Aces jamoasida oʻtkazgan. Klemm keyingi 5 mavsumni Avalanche jamoasi himoya chizigʻida oʻtkazgan va Avalanche jamoasiga 2000—2001-yilgi mavsumda Stanley kubogidagi ikkinchi gʻalabasiga yordam bergan.

Klemm 2006-yil 28-iyun kuni Stars jamoasi bilan klubning zaxira varianti sifatida qayta shartnoma imzolagan[1]. U jamoa tarkibida 100ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2007-yil 20-avgustda Klemm erkin agent sifatida Los Anjeles Kings jamoasi bilan shartnoma imzolagan[2]. Biroq 2007—2008-yilgi mavsum oldidan, 2007-yil 28-sentyabrda kuni u King jamoasining AHLdagi filiali, Manchester Monarchs jamoasiga transfer qilingan[3][4]. 2008—2009-yilgi mavsumda u professional xokkey boʻyicha Germaniya DELida Straubing Tigers jamoasida oʻynagan.

2009-yil 1-aprelda Klemm professional xokkeydan rasman nafaqaga chiqqan. Klemm 2009—2010-yilgi mavsumda jamoaga yordamchi murabbiy etib tayinlangandan soʻng, oʻzining oʻsmirlar jamoasi Spokane Chiefsga qaytishni maʼqul koʻrgan.

Jamoalardagi faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
 
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
1987—1988 Seattle Thunderbirds WHL 68 6 7 13 24
1988—1989 Seattle Thunderbirds WHL 2 1 1 2 0
1988—1989 Spokane Chiefs WHL 66 6 34 40 42
1989—1990 Spokane Chiefs WHL 66 3 28 31 100 6 1 1 2 5
1990—1991 Spokane Chiefs WHL 72 7 58 65 65 15 3 6 9 8
1991—1992 Halifax Citadels AHL 70 6 13 19 40
1991—1992 Quebec Nordiques NHL 4 0 1 1 0
1992—1993 Halifax Citadels AHL 80 3 20 23 32
1993—1994 Cornwall Aces AHL 66 4 26 30 78 13 1 2 3 6
1993—1994 Quebec Nordiques NHL 7 0 0 0 4
1994—1995 Cornwall Aces AHL 65 6 13 19 84
1994—1995 Quebec Nordiques NHL 4 1 0 1 2
1995—1996 Colorado Avalanche NHL 56 3 12 15 20 15 2 1 3 0
1996—1997 Colorado Avalanche NHL 80 9 15 24 37 17 1 1 2 6
1997—1998 Colorado Avalanche NHL 67 6 8 14 30 4 0 0 0 0
1998—1999 Colorado Avalanche NHL 39 1 2 3 31 19 0 1 1 10
1999—2000 Colorado Avalanche NHL 73 5 7 12 34 17 2 1 3 9
2000—2001 Colorado Avalanche NHL 78 4 11 15 54 22 1 2 3 16
2001—2002 Chicago Blackhawks NHL 82 4 16 20 42 5 0 1 1 4
2002—2003 Chicago Blackhawks NHL 70 2 14 16 44
2003—2004 Chicago Blackhawks NHL 19 0 1 1 20
2003—2004 Dallas Stars NHL 58 2 4 6 24
2005—2006 Dallas Stars NHL 76 4 7 11 60 5 1 0 1 0
2006—2007 Dallas Stars NHL 38 1 2 3 24 1 0 0 0 2
2007—2008 Manchester Monarchs AHL 41 0 6 6 38
2007—2008 Los Angeles Kings NHL 22 0 0 0 10
2008—2009 Straubing Tigers DEL 51 4 12 16 93
NHLdagi umumiy ochkolari 773 42 100 142 436 105 7 7 14 47

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofot Yil
WHL
Gʻarbiy ikkinchi yulduzlar jamoasi 1990—1991
NHL
Staley kubogi (Colorado Avalanche) 1996, 2001 [5]

Manbalar tahrir

  1. „Stars pick up option of best shot blocker“. ESPN (28-iyun 2006-yil). Qaraldi: 4-avgust 2009-yil.
  2. „Kings sign two-time cup winner Klemm“. Los Angeles Kings (20-avgust 2007-yil). Qaraldi: 4-avgust 2009-yil.
  3. „Kings assign Klemm“. Los Angeles Kings (28-sentabr 2007-yil). Qaraldi: 4-avgust 2009-yil.
  4. „Klemm named Monarchs captain“. Los Angeles Kings (2-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 4-avgust 2009-yil.
  5. „After 104 minutes, Colorado wins the Stanley Cup“. New York Times (11-iyun 1996-yil). Qaraldi: 6-may 2016-yil.