Jonkeldibiy xazirasi
Jonkeldibiy xazirasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Mazkur xazira Chor Bakr meʼmoriy majmuasida joylashgan boʻlib, XVIII asrda qurilgan. Xazira Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Jonkeldibiy xazirasi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Jonkeldibiy xazirasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obida |
Turi | xazira |
Shahar | Buxoro |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVIII asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Tarixi
tahrirJonkeldibiy xazirasi Poshshooyim xazirasining oʻng tomonida joylashgan boʻlib, XVIII asrda qurilgan. Ushbu xazira 2 peshtoqdan iborat. Xazirada Jonkeldibiy va uning avlodlati dafn etilgan. Hofiz Tanish Buxoriy „Abdullanoma“ asarida Sumitan qishlogʻidagi masjid, xonaqoh, madrasa uning sharq tomonida Xaramsaroyni bogʻga aylantirishga Jonkeldibiyni oʻrni haqida yozib oʻtgan. Asarda shunday yozilgan: „Iqtidorli amiri Jonkeldibiy va eʼtiborli amirzoda Valijon mirzo hamda Jultoybiy bogʻ va gulzorlarni faysazar mozorining atrofiga shu tartibda ziynat va takalluf bilan ekdilar[1]“. Jonkeldibiy dahmasida bitikli marmartoshlar mavjud boʻlib, uning avlodlari xazirasida biror tosh uchramaydi. Xazira alohida 3 ta maydon va dahlizdan iborat.
Meʼmorchiligi
tahrirXazira ichkarisi balandligi 2 metr, dahlizlar uzunligi 6 metr, maydoni esa 2 metrni tashkil etadi. Xazira ichkarisida maxfiy eshik boʻlib, bemalol kirish mumkin. Jonkeldibiy maqbarasida 14 ta tosh bitik mavjud. Qabrtoshlar ikkinchi marta ishlatilgan boʻlishi mumkin, yozuvlari koʻpchiligi oʻchib ketgan. Maqbara qibla tomonida qora marmartosh boʻlib, ustida suls xatida „Tavhid“ kalimasi keltirilgan. Marmartoshda shunday yozilgan: „Bu qabrtosh amir Mirjonkeldibiy Oysin Keldibiy oʻgʻliga tegishli. Vafot sanasi hijriy 999 yil“. Bundan tashqari lavhda „Oyat al-kursi“ ham bitilgan. Tarixchi Ibodat Rajabova tadqiqotlari natijasida ushbu maqbara toshbitiklari yozuvini tarjima qilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Ҳофиз Таниш ал-Бухорий 1999, s. 158.
- ↑ Чор Бакр 2001, s. 102.
Adabiyotlar
tahrirIlmiy adabiyotlar
tahrir- Ҳофиз Таниш ал-Бухорий. Абдулланома (Биринчи китоб). Тошкент: Шарқ, 1999 — 416-bet.
- Ҳусенов С, Ражабова И. Чор Бакр. Tошкент: Шарқ нашриёти, 2001 — 144-bet.