Live-action (talaffuzi: layv-ekshn) kino sanʼati turlaridan biridir. Animatsion filmlardan farq qilib live-action turidagi filmlarda film qahramonlari inson aktyorlar tomonidan jonlantiriladi.[1] Agar filmda ham insonlar, ham kompyuter grafikasi mahsuli boʻlgan qahramonlar ishtirok etsa, bunday turdagi film „live-action/animatsion film“, deb ataladi. Bunday filmlarga quyidagi filmlar misol boʻla oladi: Space Jam, Who Framed Roger Rabbit, Looney Tunes: Back in Action va Mary Poppins. Bunday holatda, „live-action“ qahramonlar — real (inson) aktyorlar, animatsion qahramonlar esa kompyuterda yaratilgan yoki chizilgan „aktyorlar“ hisoblanadi.

Manbalar tahrir

  1. „Animation vs Live Action: Which Makes the Best Corporate Video?“. 2020-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.