Jordan Julious Green (talaffuzi: Jordan Julius Grin) (1995-yil 22-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Jordan Green EFL Ikkinchi liga vakili „Gillingham“ futbolo klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jordan Green
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jordan Julious Green[1]
Tavallud sanasi 22-fevral 1995-yil (1995-02-22) (29 yosh)
Tavallud joyi New Cross, Angliya
Boʻyi 1.86 m[2]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gillingham
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2011 Fulham
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2015 Banbury United 26 (4)
2015—2017 AFC Bournemouth 0 (0)
2016—2017Newport County (ijara) 10 (0)
2017Leyton Orient (ijara) 0 (0)
2017—2019 Yeovil Town 56 (6)
2019—2021 Barnsley 12 (1)
2020Newport County (ijara) 11 (1)
2020Southend United (ijara) 3 (0)
2021—2022 Dulwich Hamlet 34 (8)
2022 Gillingham 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 11-avgust uchun)

Faoliyati tahrir

Jordan Green „Fulham“ fdutbol klubi akademiyasida 5 yil taxsil olgan va 16 yoshida akademiyani tark etgan. Bunga sabab murabbiylar uni juda kichik deb bilishgan, chunki oʻsha paytda uning boʻyi atigi besh fut edi. Akademiyani tark etganidan soʻng Jordan Green „Phoenix“ futbol klubi uchun ligadan tashqari futbol oʻynadi. 2014-yil noyabr oyida Jordan Green „Banbury United“ futbol klubiga qoʻshilishdan oldin[3] 2014—2015-yilgi mavsumda 26 liga oʻyinida toʻrtta gol urdi[4][5]. Klubdagi faoliyati davomida Green mahalliy „Waitrose“ supermarketida tokchalarni yigʻuvchi sifatida yarim kunlik ishlagan edi[6].

AFC Bournemouth tahrir

Jordan Green mavsum oxirida futbolni tark etishni oʻylagan edi, biroq uning agenti Jordan Greenni 2015-yilda Premer-liganing "AFC Bournemouth" futbol klubi jamoasida oʻzini sinab koʻrishni taklif qildi[7]. Green sinovni oʻzi moliyalashtirdi va murabbiy Stephan Purches bilan mashgʻulot paytida va „Arsenal“ va „Salisbury“ futbol klublariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida yetarlicha taassurot qoldirdi va klub bilan dastlabki bir yillik shartnomani imzoladi[8].

2017-yilning 31-yanvarida Green 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Ikkinchi liga vakili „Leyton Orient“ futbol klubiga qoʻshildi[9].

Yeovil Town tahrir

2017-yil 16-avgustda Green Ikkinchi liga klubi „Yeovil Town“ futbol jamoasi bilan bepul transfer asosida bir yillik shartnoma imzoladi[10].

Barnsley tahrir

2019-yilning 18-yanvarida Jordan Green nomaʼlum toʻlov evaziga Birinchi Liga klubi „Barnsley“ futbol jamoasi bilan ikki yarim yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi[11].

2020-yil 14-yanvarda Green oʻzining sobiq ijara klubi „Newport County“ futbol jamoasiga 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida qayta qoʻshildi[12]. U „Newport County“ futbol klubi uchun ikkinchi debyut oʻyinini 2020-yil 18-yanvar kuni „Swindon Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazdi[13]. Green „Newport“ klubi uchun birinchi golini 2020-yil 25-fevralda „Grimsby Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:2) kiritdi[14].

Green 2020-yil 20-avgustda Ikkinchi ligaga yana ijaraga oʻtdi va olti oylik shartnoma asosida „Southend United“ futbol klubiga qoʻshildi[15]. Oktyabr oyi boshida Green toʻpigʻidan jarohat olganidan soʻng uning ijara muddati toʻxtatildi[16].

2021-yilning 4-yanvarida Jordan Greenning „Barnsley“ futbol klubi bilan shartnomasi oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilindi[17].

Gillingham tahrir

15-iyul kuni Green mavsumoldi sinovidan muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng, ikkinchi liga jamoasi „Gillingham“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[18]. Green klub uchun birinchi golini EFL kubogining birinchi bosqichida „AFC Wimbedon“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritdi va jamoasini ikkinchi bosqichga olib chiqdi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Banbury United 2014—2015[19] Premer liga 26 4 0 0 6 2 32 6
AFC Bournemouth 2015—2016[20] Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017[21] Premer liga 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0
Newport County (ijara) 2016—2017[21] Ikkinchi liga 10 0 3 1 1 0 2 1 16 2
Leyton Orient (ijara) 2016—2017[21] Ikkinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Yeovil Town 2017—2018[22] Ikkinchi liga 37 2 4 2 0 0 6 0 47 4
2018—2019[23] Ikkinchi liga 19 4 0 0 0 0 2 0 21 4
Jami 56 6 4 2 0 0 8 0 68 8
Barnsley 2018-—2019[23] Birinchi liga 10 1 10 1
2019—2020[24] Chempionat 2 0 0 0 0 0 2 0
2020—2021[25] Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 12 1 0 0 0 0 12 1
Newport County (ijara) 2019—2020[24] Ikkinchi liga 11 1 0 0 0 0 2 0 13 1
Southend United (ijara) 2020—2021[25] Ikkinchi liga 3 0 0 0 1 0 0 0 4 0
Dulwich Hamlet 2021—2022[26] Milliy liga 34 8 0 0 2 0 36 8
Gillingham 2022—2023 Ikkinchi liga 6 0 0 0 1 1 0 0 7 1
Jami 158 20 7 3 3 1 20 3 188 27

Manbalar tahrir

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2018“. English Football League. Qaraldi: 8-avgust 2018-yil.
  2. „AFC Bournemouth new signing Jordan Green: Lionel Messi is my inspiration“. Daily Echo (24-iyul 2015-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  3. „Jordan Green“. Banbury United F.C.. Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  4. „2014/15 Fixtures & Results“. Banbury United F.C.. Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  5. „Former United player Jordan Green earns year contract with AFC Bournemouth“. Banbury United F.C.. Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  6. „AFC Bournemouth: Cherries set to confirm signing of supermarket worker Green“. Bournemouth Echo (22-iyul 2015-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  7. „Former Banbury boss thrilled at Jordan Green's move to Premier League with Bournemouth“. Oxford Mail (28-iyul 2015-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  8. „AFC Bournemouth: Purches throws down the gauntlet to trialist Jordan Green“. Bournemouth Echo (15-iyul 2015-yil). Qaraldi: 10-avgust 2016-yil.
  9. „Leyton Orient: Stevenage's Rowan Liburd & Bournemouth's Jordan Green sign“. BBC Sport (31-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 1-fevral 2017-yil.
  10. „Jordan Green: Yeovil Town sign Bournemouth forward on free transfer“. BBC Sport (16-avgust 2017-yil). Qaraldi: 16-avgust 2017-yil.
  11. „Jordan Green: Barnsley sign Yeovil Town winger for undisclosed fee“. BBC Sport (18-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
  12. „Winger Green back at County on loan deal“ (inglizcha). South Wales Argus. Qaraldi: 14-yanvar 2020-yil.
  13. Green second Newport debut
  14. Green scores for Newport
  15. „Green puts pen to paper at Blues!“.
  16. „Injury ends Jordan Green's loan spell at Southend United as winger heads back to Barnsley“. Basildon Canvey and Southend Echo (8-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 20-dekabr 2017-yil.
  17. „Jordan Green departs“. Barnsley F.C. (4-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
  18. „Jordan Green signs for Gills“. www.gillinghamfootballclub.com (15-iyul 2022-yil). Qaraldi: 15-iyul 2022-yil.
  19. „2014-15 Banbury United Results“. Banbury United F.C.. Qaraldi: 20-dekabr 2020-yil.
  20. „Games played by Jordan Green in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 22-avgust 2016-yil.
  21. 21,0 21,1 21,2 „Games played by Jordan Green in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 22-avgust 2016-yil.
  22. „Games played by Jordan Green in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-may 2018-yil.
  23. 23,0 23,1 „Games played by Jordan Green in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-sentabr 2018-yil.
  24. 24,0 24,1 „Games played by Jordan Green in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 9-avgust 2019-yil.
  25. 25,0 25,1 „Games played by Jordan Green in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 11-oktabr 2020-yil.
  26. „Games played by Jordan Green in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 9-iyun 2022-yil.