Jorulla Fayzullayev
Jorulla Fayzullayevich Fayzullayev (1924-yil 2-noyabr, Toshkent – 1992-yil 24-noyabr) – gilromexanik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1974). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1992), texnika fanlari doktori (1971), professor (1971). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1948). Toshkent toʻqimachilik texnikumida (1947—1953), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida (1953—1960) oʻqituvchi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida katta ilmiy xodim (1960); direktor (1962—1963), direktor oʻrinbosari (1966—1970), gidrodinamika laboratoriya boshligʻi (1961-yildan).
Ilmiy ishlari suyuqlik va koʻp fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, qon gidrodinamikasi, sugʻorish gidrodinamikasiga oid. X. A. Raxmatulintsht koʻp fazali muhitlar oʻzaro kirishma harakati modeliga asoslanib, Fayzullayev aralashmalar harakatiga oid masalalarni nazariy va eksperimental hal qildi. Reologik xususiyatlari har xil boʻlgan fazalardan iborat aralashmalar gidrodinamikasiga oid adabiyotlarda Raxmatulin – Fayzullayev modeli termini kiritildi. Fayzullayev bir fazali gidrodinamik modellarda Nyuton suyukligi va boshqa suyuqliklar xarakatiga oid qator masalalarni, yopishqoq va yopishqoqplastik suyuqliklar (suv, neft)ning quvurlardagi oqimiga boʻlgan qarshiliklarni kamaytirish tadbirini asoslab berdi. Toshkentdagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.
Manbalar
tahrir- Laminarnoye dvijeniye mnogofaznix sred v truboprovodax, T., 1966; Gidrodinamika odno i dvuxfaznix sred i yeyo prakticheskiye prilojeniya (v soavtorstve), T., 1980; Gidrodinamika pulsiruyushix potokov (v soavtorstve), T., 1986.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |