José Francisco Sanfilippo (talaffuzi: Xose Fransisko Sanfilippo; 1935-yil 4-mayda Buenos Airesda tugʻilgan) — argentinalik futbolchi, hujumchi.

José Sanfilippo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Francisco Sanfilippo
Tavallud sanasi 4-may 1935-yil (1935-05-04) (88 yosh)
Tavallud joyi Buenos Aires, Argentina
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
San Lorenzo (total) 260 (200)
1963—1964 Boca Juniors 20 (7)
1964—1965 Nacional 21 (25)
1966—1967 Banfield 50 (19)
1968 Bangu ? (?)
1968—1971 EC Bahia ? (?)
1972 San Lorenzo (see above)
1978 San Miguel ? (?)
Milliy terma jamoa
1957—1962 Argentina 30 (21)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi tahrir

José Sanfilippo 1950—1960-yillarning eng kuchli argentinalik futbolchilaridan biri hisoblanadi. „San Lorenzo“ futbol klubi tarixidagi eng buyuk futbolchi. Argentina terma jamoasi safida 29 ta o‘yinda 21 ta gol urgan. José Sanfilippo 1958—1962-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi. Bir necha bor Argentina, Urugvay, Braziliya chempionatlarining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[1].

Klublardagi faoliyati tahrir

José Sanfilippo oʻz faoliyatini 1953-yilda „San Lorenzo“ futbol klubida boshlagan va 1958-yildan 1961-yilgacha boʻlgan davrda Argentina chempionatlarida doimiy ravishda eng yaxshi toʻpurarga aylangan. José Sanfilipponing 1960-yilda urgan 34 ta golli zarbalari uni Janubiy Amerikadagi barcha chempionatlarning eng yaxshi toʻpurari boʻlishiga yordam bergan[2].

1963-yilda José Sanfilippo „Boca Juniors“ futbol klubiga oʻtdi va bir mavsumda 27 oʻyinda 14 ta gol urdi. 7 ta gol bilan José Sanfilippo Libertadores kubogining eng yaxshi toʻpurari boʻldi va buning natijasida „Boca Juniors“ futbol klubi turnir finaliga chiqdi. Ammo u final uchrashuvida braziliyaning „Santos“ futbol klubiga magʻlub boʻlgan.

Keyin José Sanfilippo „Nacional“, „Banfield“, „Bangu“ va „Bahia“ jamoalarida oʻynagan va 1972-yilda „San Lorenzo“ futbol klubi bilan faoliyatini yakunlagan. Faqat Argentina chempionatlarida José Sanfilippo 330 oʻyinda 226 gol urgan futbolchi sifatida ajralib turadi. Bu bilan u tarixda eng koʻp gol urgan futbolchilar ichida beshinchi oʻrinda turadi.

Statistikasi tahrir

Jamoa   Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol
San Lorenzo   Argentina 1953—1962 258 207
Boca Juniors   Argentina 1963 28 14
Nacional   Urugvay 1964—1965 21 25
Banfield   Argentina 1966-1967 50 19
Bangu   Braziliya 1968 14 7
Bahia   Braziliya 1968—1971 71 48
San Lorenzo   Argentina 1972 8 8
Selección Argentina   Argentina 1957—1962 29 18
Jami 479 349

Manbalar tahrir