Josef Markwart
Josef Markwart (nemischa: Josef Markwart; 1864-yil 9-dekabrda Baden Buyuk Gertsogligining Rayxenbax-am-Xoyberg shahri – 1930-yil 4-fevral Berlin, Germaniya) – nemis tarixchisi va sharqshunosi. Josef turk va eron tadqiqotlari hamda Yaqin Sharq tarixi boʻyicha mutaxassis boʻlgan[1][2][3].
Biografiyasi
tahrirEncyclopædia Iranica’da qayd etilishicha, „uning [Markwartning] kitoblari chuqur va deyarli tugamas bilim xazinasi boʻlib, kitoblarning muallifi bilimdon tarixchi, filolog, geograf va etnolog ekanligi kundek ravshan“[4]. Ensiklopediya Markwartning „Eranshahr“ (1901) asarini „hanuzgacha nufuzli manba va ehtimol, uning [Markwartning] eng muhim asari“ deb taʼriflaydi[4]. Markwart Tyubingen universitetini tugatib, dastlab katolik ilohiyotini oʻrgangan, soʻngra klassik filologiya va tarix fanlarini oʻrgangan. 1889-yilda u sharqshunos olim Yevgeniy Primning yordamchisi sifatida faoliyat yurita boshlagan. 1892-yilda „Assyriaka des Ktesias“ nomli doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1897-yildan boshlab esa Markwart qadimgi dunyo tarixi boʻyicha maʼruzalar oʻqishni boshlagan[4]. 1900-yilda u Leydenga (Niderlandiya) koʻchib oʻtib, Niderlandiya Milliy etnologiya muzeyida boʻlim mudiri lavozimida ishlay boshlagan[4]. 1902-yilda Markwart Leyden universitetining Sharq tillari kafedrasiga dotsent etib tayinlangan. 1912-yilda u Berlinga koʻchib oʻtgan va Fridrix Vilgelm nomidagi Berlin universitetining eronshunoslik va armanshunoslik boʻyicha professorlik darajasini olgan. Markwart umrining soʻnggi kunigacha Berlinda dars bergan va oxirgi maʼruzasini 1930-yilda vafot etgan kuni peshin paytida oʻqigan[4]. 1922-yilda Markwart familiyasini oʻzgartirgan. Iranica ensiklopediyasida aytilishicha, bu „uning asarlarida idiosinkraziv imlodan foydalanishga moyillik“ jumlasiga mos keladi[4].
Uning eng mashhur shogirdi italiyalik sharqshunos Juzeppe Messina boʻlgan[4]. Markwart ruslarning kelib chiqishini oʻziga xos versiyasini oʻrgangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Markwart, Josef“. treccani.it.
- ↑ „Josef Markwart (Marquart)“. whoswho.de.
- ↑ „Deutsche Biographie - Markwart, Josef“. deutsche-biographie.de.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 „MARKWART, JOSEF“. iranicaonline.org.