Joseph Caulfield James
Joseph Caulfeild James (talaffuzi: Jozef Kolfeyld Jeyms; 1860-yil 6-iyul — 1925-yil 6-iyul) Angliyaning Birkenhead shahridan ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib faoliyat olib borgan. Joseph Caulfeild James keyinchalik Siam shohi boʻlgan Siam shahzodasi Vajiravudhning asosiy ingliz tili oʻqituvchisi sifatida faoliyatini davom ettirdi.
Qirollik oʻqituvchisi
tahrirIrlandiyalik ingliz Joseph Caulfeild James 1887-yilda Assumption kollejida oʻz ish faoliyatini davom ettiradi va ingliz tilidan dars berish maqsadi bilan Bangkokga keladi.Qisqa vaqt oʻtgandan soʻng, Joseph Caulfeild James Buyuk Saroyda uchta Siam shahzodalariga toʻliq stavkali ingliz tili oʻqituvchisi sifatida shugʻullana boshlaydi; Shahzoda Vajiravudh, shahzoda Chakrabongse Bhuvanath va shahzoda Nandiyavat Svasti.
Joseph Caulfeild James Siam shahzodalaridan biri Nandiyavat Svasti bilan birga Yevropaga safar qiladi. Bir necha yillar davomida Joseph Caulfeild James Katta Saroyda repetitor oʻqituvchilardan biri boʻlib oʻz ish faoliyatini davom ettirdi va 1898-yilda Joseph Caulfeild James Katta Saroy ichidagi Rajakumari kollejining direktori lavozimiga loyiq deb shu lavozimga tayinlandi.
Qirollik Bangkok sport klubi
tahrirJoseph Caulfeild James qirollik vazifalarini butunlay tark etgandan soʻng, sport yoʻlidan borishni tanladi; Joseph Caulfeild James Bangkok Gymkhana klubining faxriy kotibi boʻlib faoliyat yuritdi[1]. 1901-yilda Bangkok Gymkhana klubi hozirgi Royal Bangkok Sport klubga aylandi. Joseph Caulfeild Jamesning qilgan mehnatlari bilan Qirollik Bangkok sport klubi sof ot poygasi klubidan bugungi kungacha kengroq sport klubiga aylandi[2]. Oxir-oqibat Joseph Caulfeild James 1912—1915-yillarda klubning raisi, keyin esa faxriy vitse-prezidenti boʻldi.
Manbalar
tahrir- ↑ The Royal Bangkok Sports Club — Squash
- ↑ „The Royal Bangkok Sports Club“. 2007-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-noyabr.
Adabiyotlar
tahrir- „Assumption College (AC)“ (taycha) (2011–2014).
- „The Royal Bangkok Sports Club“. 2007-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- „The Royal Bangkok Sports Club“. geocities.com. 2001-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- „The British Club Bangkok - An International Club for Friends & Families“. 2011-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan.