Joseph Thomas Gordan Shaughnessy (talaffuzi: Jozef Tomas Gordan Shonessi) (1992-yil 6-iyulda tugʻilgan) — irlandiyalik professional futbolchi. Joseph Shaughnessy „St Mirren“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Shaughnessy avvalroq „Southend United“, „Aberdeen“, „Forfar Athletic“, „Falkirk“ va „St Johnstone“ futbol klublarida oʻynagan edi.

Joseph Shaughnessy
Shaughnessy 2012-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joseph Thomas Gordan Shaughnessy[1]
Tavallud sanasi 6-iyul 1992-yil (1992-07-06) (31 yosh)
Tavallud joyi Galway, Irlandiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
St Mirren
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mervue United
Salthill Devon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2015 Aberdeen 53 (0)
2011—2012Forfar Athletic (ijara) 27 (3)
2014—2015Falkirk (ijara) 9 (0)
2015—2019 St Johnstone 108 (4)
2019—2020 Southend United 16 (0)
2020 St Mirren 64 (4)
Milliy terma jamoa
2013—2014

Irlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 12-avgust uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Aberdeen tahrir

Joseph Shaughnessy 2009-yil iyun oyida „Aberdeen“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Shaughnessy klub safidagi ilk oʻyinini 2011-yilning 14-mayida „Hibernian“ klubiga qarshi oʻtkazdi[3]. Ushbu uchrashuvdan bir necha kundan keyin u klub bilan yangi ikki yillik shartnomaga imzo chekdi[4].

2011-yilning 30-avgustida Joseph Shaughnessy Nicky Low bilan birga „Forfar Athletic“ futbol klubiga yanvar oyigacha ijaraga oʻtdi[5]. Shaughnessy klubdagi ilk oʻyinini 2011-yil 11-sentabrda „Brechin City“ futbol klubi bilan oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[6]. 2011-yilning 17-sentyabrida „Stirling Albion“ ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda Joseph Shaughnessy klubdagi ilk golini kiritdi[7].

2015-yilning 14-mayida Joseph Shaughnessy yangi shartnoma taklif qilmagani uchun mavsum oxirida „Aberdeen“ futbol klubini tark etadigan yetti nafar futbolchidan biri sifatida tanlandi[8].

St Johnstone tahrir

Shaughnessy 2015-yil 20-mayda „St Johnstone“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[9]. 2017-yil oktyabr oyida u Steven Andersonning oʻrniga „St Johnstone“ futbol klubi sardori etib tayinlandi[10]. Joseph Shaughnessy 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „St Johnstone“ klubini tark etdi.

Southend United tahrir

"Southend United" futbol klubi bilan sinovdan soʻng, Joseph Shaughnessy 2019-yil 1-avgustda klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

St. Mirren tahrir

2020-yil 20-iyulda Joseph Shaughnessy „St. Mirren“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[11]. Joseph Shaughnessy klub safida oktyabr oyida vitse-kapitan etib tayinlandi, yanvar oyida Sam Foley ketganidan keyin kapitan boʻldi[12][13]. 2021-yilning 21-mayida Joseph Shaughnessy klub bilan shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi[13].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Aberdeen 2009—2010 Shotlandiya Premer ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2010—2011 1 0 0 0 0 0 1 0
2011—2012 0 0 0 0 0 0 0 0
2012—2013 23 0 3 1 0 0 26 1
2013—2014 Shotlandiya Premer ligasi 26 0 1 0 2 1 29 1
2014—2015 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami 53 0 4 1 2 1 0 0 59 2
Forfar Athletic (ijara) 2011—2012 Shotlandiya Ikkinchi divizioni 26 3 0 0 0 0 0 0 26 3
Falkirk (ijara) 2014—2015 Shotlandiya chempionati 9 0 0 0 1 0 1 0 11 0
St Johnstone 2015—2016 Shotlandiya Premer ligasi 37 1 1 0 3 1 2 0 43 2
2016—2017 38 1 2 0 6 1 46 2
2017—2018 38 1 2 0 1 0 2 1 43 2
2018—2019 33 3 2 0 2 0 0 0 37 3
Jami 146 6 7 0 12 2 4 1 169 9
Southend United 2019—2020 Birinchi liga 16 0 1 0 2 0 2 0 21 0
St. Mirren 2020—2021 Shotlandiya Premer ligasi 33 1 4 1 6 0 0 0 43 2
2021—2022 29 3 3 0 3 1 0 0 35 4
2022—2023 4 0 0 0 4 0 0 0 8 0
Jami 66 4 7 1 13 1 0 0 86 6
Jami 316 13 19 2 28 4 7 1 372 20

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: St Mirren“. English Football League. Qaraldi: 27-oktabr 2019-yil.
  2. „Galway youngster makes impact with Aberdeen“. The Connacht Tribune (1-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 19-iyun 2010-yil.
  3. „Hibernian v Aberdeen“. BBC News (14-may 2011-yil). Qaraldi: 14-may 2011-yil.
  4. „Children of the Revolution“. Aberdeen F.C. (11-may 2011-yil). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2014-yil.
  5. „Nicky Low and Joe Shaughnessy“. afc.co.uk. Aberdeen F.C. (30-avgust 2011-yil). 22-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2011-yil.
  6. „Match Report: Brechin City 0–1 Forfar Athletic“. BBC Sport (11-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 15-iyun 2014-yil.
  7. „Stirling Albion 2–4 Forfar Albion“. BBC Sport (17-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 15-iyun 2014-yil.
  8. „Aberdeen: Declan McManus among seven senior exits“. BBC Sport (14-may 2015-yil). Qaraldi: 20-may 2015-yil.
  9. „JOE SHAUGHNESSY SIGNS FOR SAINTS“. St Johnstone F.C. (20-may 2015-yil). 20-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2015-yil.
  10. „St Johnstone captaincy a real honour for Joe Shaughnessy“. Perthshire Advertiser (27-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  11. „ST MIRREN SIGN JOE SHAUGHNESSY ON A TWO-YEAR DEAL“. St. Mirren (20-iyul 2020-yil). Qaraldi: 20-iyul 2020-yil.
  12. „Sam Foley leaves St Mirren“. www.stmirren.com. Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.
  13. 13,0 13,1 „Joe Shaughnessy signs two-year deal“. www.stmirren.com. Qaraldi: 17-iyun 2021-yil.