Joshua James Griffiths (talaffuzi: Joshua Jeyms Griffits) (2001-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Joshua Griffiths „West Bromwich Albion“ futbol klubidan ijara asosida „Portsmouth“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Josh Griffiths
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joshua James Griffiths[1]
Tavallud sanasi 5-sentyabr 2001-yil (2001-09-05) (22 yosh)
Tavallud joyi Hereford, Angliya[2]
Boʻyi 1.85 m[3]
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Portsmouth
(West Bromwich Albion klubidan ijara)
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2020 West Bromwich Albion
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020 West Bromwich Albion 0 (0)
2020—2021Cheltenham Town (ijara) 44 (0)
2021—2022Lincoln City (ijara) 33 (0)
2022Portsmouth (ijara) 15 (0)
Milliy terma jamoa
2019

Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan

o'smirlar milliy futbol terma jamoasi
2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2021-yil 18-mart uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Joshua Griffiths oʻz faoliyatini 10 yoshida „West Bromwich Albion“ futbol klubida boshlagan[4].

2020-yil 13-avgustda Joshua Griffiths Ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubi tomonidan bir mavsumga ijaraga olingan[5]. Joshua Griffiths 2020-yil sentyabrida Angliya kubogi doirasidagi „Peterborough United“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda oʻzining professional faoliyatidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan va oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan[6]. Joshua Griffiths „Cheltenham“ futbol klubida oʻzining ajoyib mavsumini oʻtkazdi. Joshua Griffiths klub safida mavsumdagi 50 ta oʻyindan 23 tasida maydonga tushib, klubning mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga sazovor boʻldi[7].

Birinchi ijara muddatidan soʻng, Joshua Griffiths „West Bromwich“ futbol klubi bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Bu shartnomaga koʻra Joshua Griffiths 2025-yilning yozigacha klubda qoladigan boʻldi[8]. 2021-yil iyul oyida Joshua Griffiths 2021—2022-yilgi mavsum uchun Birinchi liga vakili „Lincoln City“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi[9][10].

2022-yilning 14-iyulida Joshua Griffiths 2022—2023-yilgi mavsum uchun „Portsmouth“ futbol klubi bilan mavsumiy ijaraga shartnomasi imzoladi[11][12]. Joshua Griffiths „Portsmouth“ futbol klubidagi debyut oʻyinini 2022—2023-yilgi mavsumning ochilish kunida „Sheffield Wednesday“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Oʻyin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi[13].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

2019-yil mart oyida Joshua Griffiths Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safida Meksikaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
West Bromwich Albion 2020—2021 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2021—2022 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2022—2023 Chempionat 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Cheltenham Town (ijara) 2020—2021 Ikkinchi liga 44 0 3 0 2 0 1 0 50 0
Lincoln City (ijara) 2021—2022 Birinchi liga 33 0 0 0 1 0 1 0 35 0
Portsmouth (ijara) 2022—2023 Birinchi liga 15 0 0 0 2 0 0 0 17 0
Umumiy 92 0 3 0 5 0 2 0 102 0

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Cheltenham Town“. English Football League. Qaraldi: 20-sentabr 2020-yil.
  2. „England – J. Griffiths – Profile with news, career statistics and history – Soccerway“. Soccerway. Qaraldi: 13-avgust 2020-yil.
  3. „Joshua Griffiths“. Portsmouth F.C.. 2022-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2022-yil.
  4. „Josh Griffiths“. West Bromwich Albion F.C.. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
  5. „Josh Griffiths: Cheltenham Town sign West Brom goalkeeper on loan“. BBC Sport (13-avgust 2020-yil). Qaraldi: 13-avgust 2020-yil.
  6. „Peterborough United 0–1 Cheltenham Town“. BBC Sport (5-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
  7. „2020/21 End of Season Award winners revealed“. www.ctfc.com (9-may 2021-yil). Qaraldi: 10-may 2012-yil.
  8. „Goalkeeper Griffiths Pens New Hathorns Deal“. West Bromwich Albion F.C.. Qaraldi: 7-iyul 2021-yil.
  9. „Imps sign England U21 keeper Griffiths“. Lincoln City F.C. (24-iyul 2021-yil). Qaraldi: 24-iyul 2021-yil.
  10. „Imps sign West Brom's Griffiths on loan“.
  11. „Griffiths Arrives On Loan“. Portsmouth FC (14-iyul 2022-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  12. „Portsmouth sign West Brom keeper Griffiths on loan“.
  13. „Sheffield Wednesday 3 Pompey 3“. Portsmouth FC (30-iyul 2022-yil). Qaraldi: 6-avgust 2022-yil.
  14. „England U18s seal second spot in UAE tournament after thrilling victory over Mexico“. The Football Association (24-mart 2019-yil). Qaraldi: 18-mart 2021-yil.