Julfalar masjidi (ozarbayjoncha: Culfalar məscidi) – Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyati Shusha shahridagi poytaxt shahar Bokudan 350 km janubi-gʻarbda joylashgan masjid.

Masjid
Julfalar masjidi
ozarbayjoncha: Culfalar məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Shusha Qorabogʻ
Yoʻnalishi shia
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi XIX asr

Tarixi

tahrir

Julfalar masjidi Shusha shahri Julfalar mahallasining Üzeyir Hacıbəyov va S. Asgarov koʻchalari chorrahasida joylashgan[1]. Shushada umumiy 17 ta mahalla joylashgan boʻlib, Julfalar mahallasi shaharning 9-quyi mahallalaridan biri hisoblanadi. Julfalar masjidi XIX asr oxiriga kelib Shusha shahrida faoliyat koʻrsatgan 17 masjiddan biri boʻlgan[2]. Bino Yuxari Govhar Ogʻa masjidi va Ashagi Govhar Ogʻa masjidi bilan bir qatorda Shushaning eng ahamiyatga molik yodgorliklaridan biri hisoblangan[3]. Julfalar masjidi jomeʼ masjidining minoralari boʻlmagan, tashqi koʻrinishi Chuxur mahallasi masjidi hamda Hoji Yusifli masjidlari kabi toʻrtburchak koʻrinishda qurilgan boʻlsa-da, ichki koʻrinishi Islom dini meʼmorchiligiga toʻliq mos kelgan[4].

Yana qarang

tahrir

Havolalar

tahrir

Qorabogʻ yodgorliklari[sayt ishlamaydi] 

Manbalar

tahrir
  1. „Ministry of Tourism - Julfalar mosque“. Qaraldi: 2010-yil 16-avgust.
  2. „ŞUŞA HƏSRƏTİ“. 2010-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-avgust.
  3. „CРЕДНЕВЕКОВЫЕ ПАМЯТНИКИ КАРАБАХА by Гасым ГАДЖИЕВ“. Qaraldi: 2010-yil 16-avgust.
  4. „Shusha State Historical & Architectural Reserve“. 2010-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-avgust.