Julia Paulina Sofie Spetsmark (talaffuzi: Yuliya Spetsmark; 1989-yil 30-iyunda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Fleury 91 jamoasida 1-divizionda oʻynaydi[2].

Julia Spetsmark
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Julia Paulina Sofie Spetsmark[1]
Tavallud sanasi 30-iyun 1989-yil (1989-06-30) (34 yosh)
Tavallud joyi Shvetsiya
Boʻyi 165cm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Apollon
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2012 QBIK 45 (23)
2013 Sunnanå SK 21 (3)
2014-2017 KIF Örebro DFF 84 (12)
2018 Manchester City 3 (0)
2018-2019 Djurgården 11 (6)
2019 North Carolina Courage 14 (3)
2020 Benfica 5 (6)
2020-2021 FC Fleury 91 10 (2)
2021 Apollon Limassol 1 (0)
Milliy terma jamoa
2005 Shvetsiya U17 1 (0)
2012 Shvetsiya U23 3 (0)
2016- Shvetsiya 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 15-iyun uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2017-yil 20-dekabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Julia Spetsmark 2006-yilda Shvetsiyaning Damallsvenskan jamoasida 17 yoshida Mallbackens IF tarkibida debyut qilgan va ligada 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. KIF Örebro DFF safida toʻrt yil oʻynaganidan soʻng 2015-yilda KIF Örebro uchun UEFA ayollar chempionlar ligasida oʻynagan.

Manchester City tahrir

Julia Spetsmark 2017-yilning yanvar oyida FA WSL doirasida Manchester City bilan shartnoma imzolagan[3].

Djurgården tahrir

Manchester City mavsumni yakunlagach, Spetsmark Damallsvenskanga qaytib, Djurgården bilan 2018-yil 23-iyulda shartnoma imzoladi va u yerda 11 oʻyinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi[4].

North Carolina Courage tahrir

2019-yil 7-yanvarda North Carolina Courage Julia Spetsmarkni sotib olganliklarini eʼlon qildi[5]. Spetsmark NWSL debyutini o‘tkazdi va 2019-yil 17-aprelda Orlando Pride ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda o‘zining birinchi gʻalabali golini kiritdi[6].

Benfica tahrir

2020-yil 24 yanvarda Julia Spetsmark Portugaliyaning Benfica klubi bilan shartnoma imzoladi[2]. Julia Spetsmark klubdagi debyutini 1-fevral kuni Taça da Liga Feminina musobaqasida Braga ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonganida oʻtkazdi[7].

Xalqaro faoliyati tahrir

Spetsmark 2016-yil oktyabr oyida Shvetsiya Goteborgning Gamla Ullevidasidada Eron bilan oʻynaganida, oʻzining birinchi katta terma jamoadagi oʻyinini oʻtkazdi. UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 uchun Shvetsiya terma jamoasiga tanlangan.

Yutuqlari tahrir

North Carolina Courage

  • NWSL chempionlari: 2019
  • NWSL qalqoni: 2019

Benfica

  • Taça da Liga: 2019-20

Manbalar tahrir

  1. „Ficha de Jogador: Julia Spetsmark“ [Player Sheet: Julia Spetsmark] (pt). Portuguese Football Federation. Qaraldi: 2021-yil 12-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Julia Spetsmark contratada“ (pt). www.slbenfica.pt. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.
  3. „CITY TO SIGN JULIA SPETSMARK“. mancity.co.uk (2017-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  4. „Djurgården värvar från Manchester City“ (2018-yil 23-iyul). Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  5. „NC COURAGE ACQUIRE SWEDISH INTERNATIONAL MIDFIELDER JULIA SPETSMARK“ (2019-yil 7-yanvar). 2020-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
  6. Purdy. „Courage beat Pride 5-0 in midweek meeting“. National Women's Soccer League (2019-yil 17-aprel). Qaraldi: 2019-yil 18-aprel.
  7. „Deram a volta com muita pinta“ (pt). www.slbenfica.pt. Qaraldi: 2020-yil 2-fevral.