Juma al-Majid madaniyat va meros markazi

DUBAY SHAHRIDAGI JUMA AL-MAJID MADANIYAT VA MEROS MARKAZI

Juma al-Majid madaniyat va meros markazi arab millatining ilmiy merosi hamda fan yutuqlarini oʻzida jamlagan tashkilot hisoblanadi. Markaz Amirlikdagi taniqli tadbirkor va siyosiy maslahatchi Shayx Juma al-Majid tomonidan 1989-yil tashkil qilingan. Bundan koʻzlangan maqsad ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish, ularni zaruriy qoʼlyozma asar va adabiyotlar bilan taʼminlashdan iborat edi. Shu bois, Shayx markazni nodir kitoblar bilan toʻldirishga alohida ahamiyat qaratdi.

Markazning asosiy maqsadlari

tahrir

1. Insonlar yaratgan ilmiy merosini jamlash va himoya qilish; 2. Turli fanlarni, bilimlarni va madaniyatlarni oʻz ichiga olgan kutubxona xizmati bilan taʼminlash va ilmiy tadqiqotlar uchun sharoit yaratish; 3. Xalqlarning madaniy birligiga erishish uchun Birlashgan Аrab Аmirliklari va xorijdagi turdosh muassasalar bilan madaniy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; 4. Ilmiy nashrlarni keng yoyishda, kelgusi avlod foydasiga xizmat qiladigan tadqiqotlar olib borishda hissa qoʻshish.

Markaz tuzilmasi

tahrir

1. Qoʻlyozma, bosma va zamonaviy asarlarni taʼmirlash boʻlimlari

2. Sof sellyuloza tolalarini ajratib olish boʻlimi

3. Asosiy kutubxona, Xos kutubxonalar va Davriy nashrlar kutubxonasi

4. Qoʻlyozmalar va klassifikatsiya boʻlimi

5. Jurnal va nashriyot boʻlimi

6. Ilmiy-tadqiqot va axborotni rivojlantirish boʻlimi

7. Maʼlumotlar bazasi va arxiv boʻlimi

8. Xorijiy madaniy aloqalar va hamkorlik boʻlimi

9. Madaniy faoliyat va hujjatlashtirish boʻlimi

Bugungi kunda Markazning Boshqaruvchi direktori lavozimida Dr. Muhammad Kamel faoliyat olib bormoqda.

Manbalar

tahrir

https://www.almajidcenter.org