Jumona bint Abu Tolib
Jumona bint Abu Tolib (arab. جمانة بنت أبي طالب) Muhammad alayhissalomning sahobalari va amakivachchalari edi.
U Abu Tolib ibn Abdulmuttalib va Fotima binti Asadning qizi bo‘lgan. Amakivachchasi Abu Sufyon ibn Horisga turmushga chiqib, ular Ja’far[1] ismli o‘g‘il ko‘rganlar.
Abu Sufyon uzoq vaqt islomga dushmanlik qilgan [2]. 630-yilda u Jumonaga dinini qabul qilish niyatida ekanligini aytgan. U esa: “Nihoyat, ko‘rdingizmi, badaviylar va boshqalar Muhammadga ergashdi, siz esa uning dushmani bo‘ldingiz! Unga birinchi bo‘lib yordam berishingiz kerak edi!” degan. Jumona Muhammad alayhissalomni Al-Abvoda qarshilash uchun safarida eriga hamrohlik qildi. Lekin Muhammad alayhissalom uni ko‘rishdan bosh tortdilar. Ular Muhammad alayhissalomga ergashib Makkaga qaytib kelishdi. Fathdan keyin Jumona Muhammad alayhissalomni ziyorat qilishda Muttalib urug‘idan bo‘lgan ba’zi ayollarga hamroh bo‘ldi. U eri borasida u zotni “yumshatishga urindi”. Lekin Hunayn jangidan keyingina Abu Sufyonning dinga kirgani haqiqiy deb qabul qilindi[3].
Muhammad alayhissalom Jumonaga Xaybardan 30 ta xurmo (yaʼni 30 tuya koʻtara oladigan xurmo) berganlar[4].
Jumonaning Muhammad alayhissalomdan biror hadis rivoyat qilgani ma’lum emas.
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir, vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 35. London: Ta-Ha Publishers.
- ↑ Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul wa'l-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophet's Companions and Their Successors, p. 21. Albany: State University of New York Press.
- ↑ Tabari/Landau-Tasseron p. 21.
- ↑ Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 522. Oxford: Oxford University Press.