Jun Hyo-seong[1] (1989-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) Hyoseong yoki Hyosung nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.

Jun Hyo-seong
전효성
Tavalludi
Jun Hyo-seong

13-oktyabr 1989-yil (1989-10-13) (34 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa

Faoliyati tahrir

2005-yilda u „Mnet“ telekanalining „Battle Shinhwa“ musobaqasi finalchisi boʻlgan, bu esa uning „Good Entertainment“ kompaniyasi bilan ovoz yozish shartnomasini imzolashiga olib kelgan. 2007-yilda u „Five Girls“ guruhida G.NA, „Wonder Girls“ guruhidan Yubin, „After School“ guruhining aʼzosi Uee va sobiq „T-ara“ va sobiq „Spica“ aʼzosi Yang Jiwon bilan debyut qilishi kerak edi, biroq, kompaniyaning moliyaviy muammolari tufayli guruh debyut qilishdan oldin tarqalib ketgan. Keyinchalik Hyoseong „TS Entertainment“ tomonidan „SBS MTV“ telekanalida efirga uzatilgan „Diary of Five Girls“ deb nomlangan shou orqali kompaniyada stajyor sifatida ikki yil ishlagan. 2009-yilda u Song Jieun, Han Sun-hwa va Jung Hana bilan toʻrt aʼzodan iborat „Secret“ qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilggan. Hyoseong 2014-yilda yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan.

 
2010-yilda

2010-yil aprel oyida „Secret“ oʻzining „Secret Time“ nomli birinchi mini albomini chiqargan, u „Magic“ singlini yaratgan[2][3]. 2010-yil avgust oyida guruh „Madonna“ nomli ikkinchi mini albomini chiqardilar va titul treki muvaffaqiyatini davom ettirgan, chunki u Gaon Single Chart roʻyhadidan birinchi oʻrinni egallagan[2][4].

 
2011-yil fevral oyida Secret guruhi

2011-yil 23-noyabrda Hyoseong yotoqxonadan chiqayotganda zinadan yiqilib, jarohat olgan. Oʻng oyogʻining yuqori qismini sindirgan baxtsiz hodisa uning Secret bilan reklama faoliyatini toʻxtatgan[5].

Manbalar tahrir

  1. „:: TS Entertainment :: 아티스트 Secret Profile "Jun Hyo Seong"“ (2009-yil 13-oktyabr). 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Discography of TS Entertainment“. TS ENTERTAINMENT Co., Ltd.. 2013-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  3. „Secret's mini album Secret Time released!“. 6theory Media. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  4. „시크릿, 미니앨범 '마돈나' 뮤비 공개 "가요계 평정할 기세"“ (ko). Health Korea News (2010-yil 12-avgust). Qaraldi: 2021-yil 13-fevral.
  5. Choi. „Injured Secret Member Hyoseong to Halt Activities“. Mnet News. CJ E&M Corp. (2011-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 19-fevral. [sayt ishlamaydi]