Jurjoniy mahallasi

Tarixi

tahrir

Uchtepa tumanidagi mahalla. „Davlatobod“,Abdulla Qodiriy, „Koʻkcha“

„Oqtepa“ mahallalari bilan chegaradosh. 1963 y. tashkil topgan. Mahalla nomi Amir Temur davrida yashab oʻtgan yirik mutakallim, faylasuf, shoir va munajjim Abulhasan Ali ibn Muxammad Sayid Sharif Jurjoniy (1339-1413) sharafiga qoʻyilgan. Aholisi 2883 kishi, asosan oʻzbeklar (2008). Mahallada Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi arafasida oilaviy poliklinika, sport majmualari va yangi guzar binosi kurib bitkazildi. Ularni ishga tushirish arafasida (2006-y. 22-avg.) Prezident Islom Karimov mahallaga kelgan. Mahalla hududida bir necha oziq-ovqat doʻkoni, kafe, dorixona, prokat punkti, eshik va rom ishlab chiqarish sexi, tikuvchilik fabrikasi, qandolat sexlari mavjud.