Jyothika Saravanan (talaffuzi: Jyotika Saravanan; qizlik familyasi: Sadanah; 1977-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi, model va kino prodyuseri boʻlib, asosan Tamil filmlarida suratga tushadi.[1][2] U shuningdek, telugu, malayalam, kannada va hind filmlarida rol ijro etgan. U bitta Milliy mukofot, uchta Filmfare mukofoti, uchta Tamil Nadu Davlat Film mukofoti va toʻrtta Dinakaran mukofotiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, u Kalaimamani mukofoti sovrindori.[3] U Tamil kinosining eng sermahsul aktrisalaridan biri hisoblanadi.[4] U The Times of India tomonidan Janubiy Hindistonning eng yaxshi aktrisalari qatoriga kiritilgan.[5][6]

Jyothika
Jyothika Filmfare 2014.jpg
Tavalludi
Jyothika Sadanah

18-oktabr 1977-yil (1977-10-18) (45 yosh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Aktrisa
  • Prodyuser
Turmush oʻrtogʻi
Suriya (turm. 2006)
Faoliyat yillari 1997-2009
2015-hozirgacha
Bolalari 2 nafar

FaoliyatiTahrirlash

U rejissyori Priyadarshan boʻlgan Doli Saja Ke Raxna hind filmida oʻzining aktrisalik debyutini qildi, biroq u tijorat nuqtai nazaridan yaxshi natija bermadi. Yangi debyuti uchun u 44th Filmfare mukofotlarida „Eng yaxshi ayol debyuti“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi, u Dil Se.. va Soldier filmlari uchun Preity Zintaga yutqazgan edi.[7][8]

Uning Tamil tilidagi birinchi roli Vaali (1999) filmida boʻlib, u uchun „Eng yaxshi ayol debyuti uchun“ Filmfare— Janubiy mukofotini qoʻlga kiritgan.[9] Oʻsha yilning oxirida u Poovellam Kettuppar filmida rol ijro etgan. Kushi filmining muvaffaqiyati uning karyerasida burilish nuqtasi boʻlgan.[10][11] 2000—2002-yillarda bir qator muvaffaqiyatli filmlar suratga olindi, ular orasida Mugavaree, Dumm Dumm Dumm va Snegithiye ham bor. Bu davrda u Kamol Haasan bilan Thenali komediya filmida ham rol oʻynagan.[10] U Kushi filmidagi roli uchun Filmfare eng yaxshi Tamil aktrisasi mukofotiga sazovor boʻldi.[12] Uning Ritm filmidagi roli kichik boʻlsa-da, koʻpchilik tomonidan yuqori baholangan.[13] Kushi muvaffaqiyatidan soʻng, u Vijay bilan juftlikda Friends filmida ayol bosh rolni oʻynashga imzo chekdi, ammo uning oʻrnini Devayani egallagan.[14] U, shuningdek, Nagaraxavu filmida Upendra bilan juftlikda Kannada kino sanoatida paydo boʻlgan.[15] Ushbu filmda u ikki tomonlama rol ijro etgan. Keyinchalik u Tamil va Malayalam tillarida yaratilgan rejissyori Priyadarshan boʻlgan Snegithiye tamil triller filmida namoyon boʻlgan.[16]

 
Jyothika eri Suriya bilan Kaatrin Moji (2018) filmi taqdimotida

Uning Moji filmi Telugu tilida Maataranai Mounamidi nomi bilan chiqarilgan, u oʻzining ijrosi uchun tanqidiy maqtovlarga sazovor boʻlgan va tijorat muvaffaqiyatiga erishgan.[17]

FilmografiyasiTahrirlash

Yil Film Rol Til Izohlar
1998 Doli Saja Ke Rakhna Pallavi Sinha Hind
1999 Vaali Meena (Sona) Tamil
Poovellam Kettuppar Janaki Kannan (Kalyani) Tamil
2000 Mugavaree Viji Tamil
Kushi Jennifer (Jenny / Selvi) Tamil
Rhythm Aruna Karthikeyan Tamil
Uyirile Kalanthathu Priya Mahalakshmi Tamil
Thenali Janaki Tamil
Snegithiye Vani „Vasu“ Subramaniyam Tamil
2001 Little John Vani Tamil
Hind
Ingliz
Dumm Dumm Dumm Ganga Veluthambi Tamil
Star Preethi Tamil
Poovellam Un Vasam Chella Tamil
12B Jo Tamil
2002 Raja Priya Tamil
One Two Three Narmadha Kannada Tamil
Nagarahavu Keerthi, Prema Patel Kannada
2003 Dhool Eshwari Tamil
Priyamana Thozhi Nandhini Ashok Tamil
Kaakha Kaakha Maaya Anbuchelvan Tamil
Thirumalai Swetha Tamil
Tagore Nandini (Nandu) Telugu
Three Roses Pooja Tamil
2004 Arul Kanmani Arulkumaran Tamil
Perazhagan Priya / Shenbagam Tamil
Manmadhan Mythili Tamil
Mass Anjali Telugu
2005 Maayavi Jothika (Jo) Tamil
Chandramukhi Ganga Senthilnathan (Ganga) /
Chandramukhi
Tamil
2006 Saravana Sadhana Tamil
Shock Madhuri Telugu
Vikramarkudu Mrs.Vikram Singh Rathore Telugu
June R June R. Tamil
Vettaiyaadu Vilaiyaadu Aaradhana Tamil
Sillunu Oru Kaadhal Kunthavi Gautham (Jill) Tamil
2007 Mozhi Archana Tamil
Pachaikili Muthucharam Smitha (Geetha / Kalyani) Tamil
Manikanda Mahalakshmi (Maha) Tamil
Rakklippattu Josephine Malayalam
2009 Seetha Kalyanam Nimisha Malayalam
2010 Nagavalli Ganga Kailash Telugu (Chandramukhidan olingan arxiv lavhalari)
2015 36 Vayadhinile Vasanthi Thamizhselvan Tamil
2017 Magalir Mattum Prabhavathi Tamil
2018 Naachiyaar P. Naachiyaar Kumari IPS Tamil
Chekka Chivantha Vaanam Chithra Varadharajan Tamil
Kaatrin Mozhi Vijayalakshmi Balakrishnan (Viji) / RJ Madhu Tamil
2019 Raatchasi Geetha Rani (Ammu) Tamil
Jackpot Akshaya (Akshu) Tamil
Thambi Parvathy Tamil
2020 Ponmagal Vandhal Venba Pethuraj / Angel / Sakthi Jyothi Tamil
2021 Udanpirappe Mathangi Tamil Shuningdek prodyuser

ManbalarTahrirlash

  1. „Jyothika receives critical acclaim“. Screen (10-fevral 2006-yil). 2-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-may 2010-yil.
  2. Jo Jo Jyothika … — Jyothika — Suriya — Tamil Movie News. Behindwoods.com (18 October 2012). Retrieved 12 December 2012.
  3. „Rajini, Kamal win best actor awards“. The Hindu (29-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 28-sentabr 2009-yil.
  4. „Manju Warrier, Nayanthara, Jyothika: Female stars are marching to a different, but no less successful, beat“. Firstpost (9-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 27-may 2018-yil.
  5. „Jyothika – Nayanthara to Samantha: Top heroines of Tamil cinema – The Times of India“. The Times of India.
  6. Dundoo, Sangeetha Devi. „Superstars Inc: When women rule the roost in Indian cinema“. The Hindu (7-mart 2018-yil).
  7. „The Winners – 1998“. Filmfare. The Times Group. 8-may 2006-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2020-yil.
  8. „Priyadarshan: "People expect a lot from a commercial director"“. India Today (13-noyabr 2000-yil). Qaraldi: 8-oktabr 2012-yil. „I was so sure Doli Saja Ke Rakhna would do well, but when it didn't I lapsed into depression.“.
  9. „Best Debutants down the years...“. filmfare.com. Qaraldi: 23-yanvar 2017-yil.
  10. 10,0 10,1 Slap in the face for Kamal. Rediff.com (18 August 2000). Retrieved 12 December 2012.
  11. „Hits and misses of the year that was“. The Hindu (19-yanvar 2001-yil). Qaraldi: 25-avgust 2012-yil.
  12. „Vishnuvardhan, Sudharani win Filmfare awards“ (inglizcha). The Times of India (23-mart 2001-yil). Qaraldi: 5-fevral 2021-yil.
  13. „We Rise fast, fall fast“: Jyothika. Cinematoday2.itgo.com. Retrieved 12 December 2012.
  14. Friends. Cinematoday2.itgo.com. Retrieved 12 December 2012.
  15. Nagarahavu Cast & Crew, Nagarahavu Star Cast, Actor, Actress, Director Arxivlandi 12-oktabr 2020-yil Wayback Machine saytida.. Oneindia.in. Retrieved 12 December 2012.
  16. The dancing brush. Rediff.com (11 August 2000). Retrieved 12 December 2012.
  17. „Tamil hit Mozhi as Maatarani Mounamidi in Telugu“. indiaglitz.com (14-mart 2012-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2015-yil.