Kırmızı Saçlı Kadın
Kırmızı Saçlı Kadın — Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti soxibi Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman. Ushbu roman 2016-yil Yapı Kredi Yayınları nashriyotida chop etilgan. Ushbu kitob muallifning oʻninchi romani hisoblanadi. Orhan Pamuk yillar afsonalarini va dolzarb muammolarni birlashtirib, tarixiy voqealarni tasvirlash orqali ularga sevgi, rashk va ota-oʻgʻil munosabatlari haqida soʻzlab beradi. Kitobda davr hayoti haqida tasavvurga ega boʻlish mumkin.
Muallif(lar) | Orhan Pamuk |
---|---|
Mamlakat | Turkiya |
Til | turkcha |
Janr(lar)i | Roman |
Nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
Nashriyot | Yapı Kredi Yayınları |
Sahifalar soni | 204 |
ISBN | ISBN 9750835605 |
Kitobning mazmuni
tahrirCem 1980-yilda Istanbulda onasi bilan yashaydigan bir litsey oʻquvchisi. Cem onasi bilan samimiyroq va otasidan biroz uzoqroq. Cemning otasi farmatsevt va Cem har kuni otasiga tushlik olib boradi. Bir kuni Cemning onasi Cemga otasi boshqa kelmasligini aytadi va Cem bundan norozi boʻlib, moddiy qiyinchiliklarga duch kelmaslik va universitetdagi orzulari uchun zarur deb bilgan sinfga borishi uchun ish izlay boshlaydi. Cem avval kitob doʻkonida ish boshladi, soʻng tavsiyanomaga koʻra sogʻlomlashtirish biznesida ish boshlaydi. Roman Cemning hayoti haqida hikoya qiladi.