KOMILLIK
KOMILLIK - insonning kamolotga erishuv jarayonidagi barkamolligi darajasini ifodalovchi tushuncha. Komillikning har bir davrga xos mezonlari mavjud. Nodonga nisbatan oqil, loqaydga nisbatan sergak, baxilga nisbatan saxiy, tanbalga nisbatan sergʻayrat, qoʻrqoqqa nisbatan botirlik kabi xislatlar oʻziga xos oʻlchov vositasini oʻtaydi. Inson kamolotda jismoniy va maʼnaviy goʻzallik muhim ahamiyat kasb etadi. Jismoniy baquvvat, sogʻlom boʻlish nafaqat shaxsiy, balki ijtimoiy qadriyatdir. Komillikning yana bir jihati vatanga, millatga, elu-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. Vatanni sevmagan, millati tarixi va taqdiriga loqayd qaraydigan insonning komilligi xaqida soʻz boʻlishi mumkin emas. Komillik insoniy fazilatlarning uygʻunligini ifodalaydi. Kishining ichki va tashqi dunyosi, sogʻlom fikr va oqilona soʻzi bilann amaliy faoliyati, tili bilan dili birday boʻlishi Komillikning mezonlaridir.
Manbalar
tahrir“Falsafa qomusiy lug’at”,”O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”, “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2004,200-sahifa.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |