Kaarlo Castrén
Kaarlo Castrén (1860-yil 28-fevral — 1938-yil 19-noyabr) — Finlandiya siyosatchisi va Bosh vaziri edi. U Milliy taraqqiyot partiyasi vakili boʻlgan.
Kaarlo Castrén | |
---|---|
Finlandiya bosh vaziri | |
Mansab davri 1919-yil 17-aprel – 1919-yil 15-avgust | |
Prezident | Kaarlo Juho_Stahlberg |
Oʻtmishdoshi | Lauri Ingman |
Vorisi | Juho Vennola |
Castren Turtola shahrida tugʻilgan boʻlib, 1887-yilda huquq sohasida bakalavr diplomini olgan. 1888-yildan 1892-yilgacha Finlandiya Senatining moliya boʻlimida va1888-yildan 1898-yilgacha esa Castrén & Snellman advokatlik idorasida faoliyat olib borgan.
1892-yildan 1904-yilgacha Kastren oʻz faoliyatini Kansallis-Osake-Pankki bankida boshqaruv aʼzosi sifatida olib boradi. Shuningdek, u 1894 hamda 1905—1906-yillarda davlat boshqaruvi majlislarida ham ishtirok etgan.1908-yildan 1909-yilgacha esa senator lavozimida ishlaganidan soʻng, Kastren advokatlik idorasiga asos soladi.1916-yilda Kansallis-Osake-Pankki direktori etib saylandi.
1918-yil noyabr oyida Kastren moliya vaziri etib tayinlanadi.[1] 1919-yil 17-apreldan 15-avgust sanasigacha esa Finlandiya Bosh vaziri lavozimida ishlagan. Uning hukumati Finlandiyada respublika boshqaruv shaklini taklif qildi va taklif qabul qilingach, hukumat tarqaldi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Council of State - Ministers of Finance“. Valtioneuvosto.fi. 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2018-yil.