Kadensiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kadensiya, kadans (lotincha: „cado“ — tugayapman) — 1) muayyan musiqa tuzilmasini yakunlovchi garmonik yoki oqang iborasi, kuy yoki akkordlar rivojiga yaxlitlikni baxsh etadi. Kadensiyaning bir nechta turi boʻlib (toʻliq, mukammal, oʻrta, xotima va boshqalar), ular asar parchalarini bir-biridan ajratib, ayni vaqtda, musiqa tuzilmalarining oʻzaro mantiqan bogʻlanishiga ham xizmat qiladi; 2) konsert kabi yirik asarlardan oʻrin olgan, yakka ijrochi (solist) uchun moʻljallangan erkin shaklli virtuoz musiqa lavhasi. Kadensiya ijrochining yuksak mahoratini namoyish etishga qaratilgan[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |